Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Xotinim meni 4 yoshli qizimdan rashk qiladi…

Xotinim meni 4 yoshli qizimdan rashk qiladi…

Nashr sanasi: August 9, 2025

Savol :

Ustoz, mening olti yoshli o‘g‘lim va to‘rt yoshli qizim bor. Qizimni juda yaxshi ko‘raman, ko‘p quchoqlab, o‘paman. Buni ko‘rib xotinim rashk qiladi. Shu ishi to‘g‘rimi? Men unga tushuntiraman: “O‘zimning qizim-ku, bunda nima bor? Mehrim boshqacha.” Inson kimni qanchalik yaxshi ko‘rishini o‘zi boshqara olmaydi-ku. Lekin tan olaman, qizim tug‘ilishidan oldin xotinim bilan munosabatlarimiz boshqacharoq edi. Bizga nasihat qilsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qizingizni yaxshi ko‘rishingiz tabiiy, lekin xotiningizni rashk qilishga undaydigan holatlardan saqlaning. Oilada tinchlik uchun his-tuyg‘ularni muvozanat bilan ifoda eting va bo‘sh vaqtni foydali ishlarga yo‘naltirib, bir-biringizni tushunishga harakat qiling.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, shunday holatlar oilada tushunmovchilikka sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olish kerak. Siz qizingizni yaxshi ko‘rishingiz tabiiy, bu — otalik mehri. Lekin shunday bo‘lsa ham, xotiningizni rashk qilishga undaydigan holatlarni imkon qadar kamaytirishga harakat qiling.

Aslida, aql bilan qaralsa, farzandini quchoqlab, erkalash — tabiiy hol. Bunday narsadan aql egalari rashk qilmaydi. Ammo oilada tinchlik va iliqlikni saqlash uchun, ba’zan o‘z his-tuyg‘ularingizni ham muvozanat bilan ifoda etish foydali bo‘ladi.

Shuningdek, oiladagi bo‘sh vaqtni foydali ishlarga yo‘naltirish kerak. Agar er-xotin ilm bilan shug‘ullansa, din va ummat g‘ami bilan yashasa, farzand tarbiyasi, kelajagi haqida qayg‘ursa — mayda rashk va tushunmovchiliklarga o‘rin qolmaydi. Ko‘p hollarda bunday muammolar bekorchilik va bo‘sh fikrlashdan kelib chiqadi.

Shuning uchun, oila ichida bir-biringizni tushunishga, foydali ishlarga ko‘proq vaqt ajratishga va oilaviy muhitni mustahkamlashga intiling.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Bu zikrni aytsa, farishtalar qancha savob yozishni bilmay qolishi sahihmi?

    November 27, 2025
  • Qonuniy ajrashish taloq o‘rniga o‘tadimi?

    November 27, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025