Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Vatanni sog‘inish

Vatanni sog‘inish

Nashr sanasi: August 20, 2025

Savol :

Ustoz, vatanni sog‘inish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Vatanni sog‘inish bu fitriy narsa. Agar insonning vatan tushunchasi dinidan ustun bo‘lib qolsa, bu johillik bo‘ladi. Ammo bunday bo‘lmagan taqdirda, vatanni sog‘inish hech qanday shariatga zid narsa emas, balki bu har bir insonda bo‘ladigan kechinmadir.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ala rasulillahi va ba’d.

Vatanni sog‘inish bu fitriy narsa. Odam, ya’ni inson borki, tug‘ilib o‘sgan joyini sog‘inadi. Bu sog‘inish “joizmi yoki joiz emasmi” degan narsa emas. Xuddi chanqagan odam suvni xohlashidek, bu ham fitriy holat. Insonning ichidan o‘z-o‘zidan sog‘inch paydo bo‘ladi. Har qanday odam vatani, tug‘ilib o‘sgan joyi, qishlog‘i, mahallasi, qo‘ni-qo‘shnisi va o‘sha muhitini sog‘inadi. Odam yoshlik davrini ham sog‘inadi. Bu fitriy narsa.

Insonni Alloh taolo shunday yaratgan. Sahobalar ham Makkani sog‘inishgan. Madinaga borganda, masalan, Bilol roziyallohu anhu va boshqa sahobalar: “Qaniydi Makkani ko‘chalarini, o‘sha tikanlarini, o‘t-o‘lanlarini, uylarini yana bir ko‘rsak”, deb she’rlar aytib sog‘inishgan. Demak, vatanni sog‘inish fitriy narsa, bunda shariatga zid narsa yo‘q.

Faqat bu yerda qoralangan holat shuki: agar inson vatanni deb turib dinni tashlasa yoki vatan tushunchasi dinidan ustun bo‘lib qolsa, bu asabiylik va johillik bo‘ladi. Ana shu narsa mumkin emas.

Ammo shunday bo‘lmagan taqdirda, vatan sog‘inishi hech qanday zararli emas, balki bu har bir insonda bo‘ladigan kechinmadir. Odam o‘zining yoshlik chog‘larini, tug‘ilgan joyini va diyori­ni albatta sog‘inadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025