Menimcha, bu ishni qilish kerak emas. Chunki hozirgi kunda telefonlar osonlik bilan birovning qo‘liga tushib qolishi holatlari juda ko‘p uchraydi. Masalan, erning yoki xotinning telefoniga begona kishi kirib olishi yoki uni kuzatishi mumkin.
Ba’zi holatlarda eshitamizki, birinchi xotini erining telefonini yoki ikkinchi xotini erining telefonini o‘ziga o‘tkazib olgan. Keyin xotini va boshqa xotini bilan gaplashgan yozishmalarini, suratlarini yig‘ib, papkaga solib, saqlab qo‘yayotgan bo‘ladi. Ertaga shantaj qilish uchun foydalanish maqsadida.
Shu bois, biror xoin sizning yoki eringizning telefoniga kirib olish ehtimoli yo’qligiga kim kafolat bera oladi? Yoki tasodifan telefonni militsiya xodimi olib tekshirsa, ichidagi barcha ma’lumotlar fosh bo‘lishi mumkin.
Bunday holatlarda ayol o‘zining eriga atab tayyorlagan maxfiy narsalarini odamlarga oshkor qilib qo‘yishi mumkin. Shu sababdan, agar er ko‘rishni istasa, uyda, o‘z ko‘zi bilan ko‘rib foydalansin. Men bunday suratlarni yuborishni maslahat bermayman. Chunki foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq.
Uzoqda bo‘lgan er suratni ko‘rib shahvati uyg‘onadi, lekin undan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. Buning o‘rniga ro‘za tutgan yoki boshqa foydali ish bilan shug‘ullangan yaxshiroq. Chunki bu kabi ishlar ko‘p hollarda yaxshi oqibat bermaganini ko‘rganmiz.
Telefonda ayniqsa shunday narsalarni yuborishdan saqlanishni maslahat beraman. Shar’an joizmi, degan savolga kelsak: Aslida shar’an eriga o‘zini ko‘rsatish joiz, shuningdek telefonda ham ko‘rsatish joiz bo‘ladi. Lekin telefon xavfsiz emas. Birov poylab turishi yoki ma’lumotlar sizib ketishi ehtimoli bor.
Shu sababli, ayol: “Men bunga rozi emasman, chunki xavf-xatar bor”, — deb aytishga haqli, va bu haqlikdir. Masalan, er ko‘chada: “Yechin”, — desa, xotin yechinmaydi. Chunki ko‘chada hech kim yo‘qdek tuyulsa ham, balki biror joydan kimdir kuzatib turgan bo‘lishi mumkin.
Shunday xavf va ehtimollarni inobatga olib, ayol rad etishga haqlidir. Vallohu a’lam.
Va erkaklarga ham nasihat qilamiz: bunday talablarni qo‘ymasinlar. Chunki buning foydasi yo‘q, zarari esa ko‘p. Vallohu a’lam.