Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Turmush qurish yo’lidagi muammolarni hal qilish uchun maslahatlar

Turmush qurish yo’lidagi muammolarni hal qilish uchun maslahatlar

Nashr sanasi: June 15, 2025

Savol :

Men 26 yoshdaman, uylanishim kerak. Uyimdagilar esa: “Avval sharoitingni yaxshilab ol”, deyishyapti. Bir ayolni taniyman — yaqinda Turkiyadan uyga qaytgan. U bir yil oldin turmushidan ajrashgan.

Uydagilar bundan bexabar. Ular hali ham uni Turkiyada o‘qib, turmush o‘rtog‘i bilan yashab yurgan, deb o‘ylashadi. Men esa shu ayolga uylanmoqchiman. Lekin u vali olib kela olmayapti. Uyimdagilar johilroq, agar ajrashganini bilib qolishsa, uni bironta boshqa johil erkakka turmushga berib yuborishadi, deb xavotirda.

Biz nima qilsak bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Uylanish va turmushga chiqish masalasida har bir narsa ochiq-oydin bo‘lishi kerak. Shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ymanglar. Ko’p holatlarda erkaklarning shirin so‘zlariga aldanib qizlar, ayollar zarar ko‘rib qolishadi. Shuning uchun izzat, obro‘ va shariatga muvofiq ish tutinglar: har narsa ochiq-oydin bo‘lsin, valiylarning roziligi bilan to‘y qilib, halol yo‘l bilan nikoh tutinglar.

Bismillah, alhamdulillah, va salli…

Endi bu ayolni yashirincha olib uylanish kerak deb maslahat bera olmaymiz. Chunki hozir uning ota-onasi va qarindoshlari hali ham uni turmush o‘rtog‘i bilan yashayapti, deb o‘ylashmoqda.

Agar bu ayol eridan ajrashgan bo‘lsa-yu, siz bilan yashab yursa, keyin boshqa joyda eri borligi ma’lum bo‘lib qolsa, bu juda g‘alati holat bo‘ladi. Odamlar “Bu nima bo‘ldi?” deb ajablanishadi.

Keyin siz bilan bo‘ladigan turmushi qanday kechadi — bunga hech kim kafolat bera olmaydi. Sizning ota-onangiz uni kelin sifatida qabul qiladimi? Yashirincha olib kelsangiz, ular “Ota-onasi qani, bu kim?” deb so‘rashadi. O‘zbekchilikda bu kabi masalalarga qattiq qaraladi. Kelin hurmat topmaydi, shubha ostida qoladi. “Bu kimdan qolgan? Eri qayerda?” degan gaplar aylanadi.

Keyin siz ham, ehtimol, uni xotin sifatida qabul qila olmasangiz, ayol yana ruhiy jarohat oladi. Shuning uchun mening nasihatim: har bir narsa ochiq-oydin bo‘lishi kerak.

Ya’ni bu ishni yashirin tutmaslik kerak. Siz ham, u ayol ham kurashinglar. Ayol ota-onasiga ochiq aytsin: “Men erimdan ajrashdim. Sababi mana bu, mana bu edi.” Ajrashgan bo‘lsa ham, baribir ota-onasi uni turmushga bermoqchi bo‘ladi. Aytaylik, sizdek halol, hali uylanmagan yigit chiqqan bo‘lsa, nega bermasinlar?

Shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ymanglar. Ko‘p yoshlarni ko‘ryapmiz: “Otamga aytolmayman, onam bilmasin, o‘ldiradi meni” deyishadi-da, yashirincha turmush qurib, bir hafta, bir oy ichida ajrashib ketishadi. Erkaklar qadrlamay qo‘yadi.

Qizlar, ayollar shunday holatlarda ko‘p zarar ko‘rib qolishadi, erkaklarning shirin so‘zlariga aldanishadi. Shuning uchun izzat, obro‘ va shariatga muvofiq ish tutinglar: har narsa ochiq-oydin bo‘lsin, valiylarning roziligi bilan to‘y qilib, halol yo‘l bilan nikoh tutinglar.

Men mana shuni nasihat beraman.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Hajga borish uchun pora bersa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Qoshlarni “pudra sepilishi” uslubida tatuaj qildirish haqida.

    July 18, 2025
  • Ayol kishi kindigini teshtirib, zirak taqishi joizmi?

    July 18, 2025
  • Ayol kishi mo‘ylovini olsa bo‘ladimi?

    July 18, 2025
  • To‘ylarda ofitsiant bo‘lib ishlaydigan kishining savoli.

    July 17, 2025
  • Uyni bitishidan avval sotib olish hukmi.

    July 16, 2025