Ustoz, xalqimizga va dinimizga qilayotgan xizmatlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin.
Yoshim 27 da. Uydagilar “uylan, yoshing katta bo‘lib qoldi” deyishmoqda. Duo qiling, Alloh soliha juft nasib etsin.
Uylangandan keyin iqtisodiy jihatdan oyoqqa turish, tijoratni bir muncha yo‘lga qo‘yish uchun farzandli bo‘lishni biroz kechiktirmoqchiman.
Shu fikrim to‘g‘rimi yoki darrov farzandli bo‘lish shartmi?
Uylangandan keyin iqtisodiy jihatdan oyoqqa turish uchun, farzandli bo‘lishni biroz kechiktirish to‘g‘rimi?
Savol :
Javob :
Menimcha, farzandli bo‘lishni kechiktirish to‘g‘ri emas. Aksincha, tezroq farzand ko‘rsangiz, sizga yordamchi bo‘ladi. Allohning fazlini so‘rang. Farzandni istang, uni kechiktirmaslikka harakat qiling. Alloh tishini bergan zot rizqini ham beradi, deb aytilgan. Uylangach, Alloh taolo o‘zi sizning tijoratingizga, ishlaringizga baraka beradi, yo‘l ochadi, insha Alloh. Farzandli bo‘lish, ko‘payish — Rasulullohning amridir, targ‘ibidir. Shuning uchun siz ham Bismillo deb niyat qiling, saqlanish bilan ovora bo‘lmasdan, Allohdan baraka so‘rab, harakat qiling. Allohu a’lam.
Maqola foydali bo’ldimi?
0