Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Uy sotib olish uchun zakalat berilgan bo‘lsa, xaridor va’dasida turmagan taqdirda, zakalatni qaytarib, uyni boshqasiga sotish joizmi?

Uy sotib olish uchun zakalat berilgan bo‘lsa, xaridor va’dasida turmagan taqdirda, zakalatni qaytarib, uyni boshqasiga sotish joizmi?

Nashr sanasi: May 12, 2025

Savol :

Navbatdagi savolim shuki, qarzdor bo‘lib qolganimiz sababli uyimizni sotishga majbur bo‘ldik. Sotib oluvchi kishi zakalat (oldindan to‘lov) berib, “falon kuni pulni to‘liq beraman”, dedi.

Ammo o‘sha va’da qilingan kunda pulni bermadi va yana boshqa bir muddatga cho‘zdi. Keyinchalik ham yana cho‘zaverdi. Bu orada haqdorlar qarzni talab qilib bezovta qilishmoqda. Uy shoshilinch sotilgani uchun arzonroq bahoda berilgan edi. Agar hozirgacha turganida, ehtimol qimmatroq narxda sotgan bo‘lardik.

Endi uyning pulini aytilgan vaqtda bermagani uchun zakalatini qaytarib, uyni boshqa bir odamga sotib yuborsak bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, bo‘ladi. Kimnidir va’dasiga bog‘lab qo‘yib, o‘z va’dasini bajarmasligi – birovning haqqiga tajovuz hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, bo‘ladi. Kimnidir va’dasiga bog‘lab qo‘yib, o‘z va’dasini bajarmasligi – birovning haqqiga tajovuz hisoblanadi. Agar siz uy sotish jarayonida tezlik sababli biroz arzon narxda kelishgan bo‘lsangiz, va sotib oluvchi vaqtida to‘lovni bajarmagan bo‘lsa, unda sizning bu kelishuvni bekor qilishga haqqingiz bor.

Bu holatda, agar to‘lov muddati o‘tgan bo‘lsa va sotuvchi endi boshqa xaridor topgan bo‘lsa, zakalatni egasiga qaytarib, uyni boshqasiga qimmatroq narxda sotib yuborish – sizning to‘liq huquqingizdir. Chunki bu – muomala va’daga asoslangan edi, ammo u bajarilmadi.

Shartnoma ikki tomonlama mas’uliyatni talab qiladi – agar bir tomon va’dasiga amal qilmasa, ikkinchi tomon majburan unga yopishib o‘tirmaydi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Uch kishi sheriklik asosida qilayotgan ish haqida.

    September 5, 2025
  • Musulmon kofir yurtda yashasa bo‘ladimi?

    September 4, 2025
  • Tojikistonda “halol” muhri bosilgan kolbasalarni yesak bo‘ladimi?

    September 4, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025