Ustoz, biz Rossiyada ishlaymiz. Bir qarindoshimning O‘zbekistondagi uyini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oldim. U qarindoshim shu yerda, Rossiyada ipotekaga uy oldi. U menga: “Sen uyning pulini shu yerda beraver,” dedi. Men rozi bo‘ldim, lekin u: “Sotilgan uyning pulini dollarga hisoblaymiz,” dedi. Men rubl berishni boshladim. Bir yil mobaynida 800 ming rubl berdim.
Endi u: “Uylar narxi ko‘tarildi. Sen baribir bera olmaysan, uy sotilmaydi, pulingni esa bir yil davomida rublda olasan,” deyapti. Men kuyib qolyapman, chunki dollar kursi ikki baravar ko‘tarilib ketgan.
Endi men qanday yo‘l tutishim kerak? Ikkimizga ham nasihat qilsangiz.