Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ustozning «Mol bo‘lmasa, nafs bo‘lmaydi, nafs bo‘lmasa, din bo‘lmaydi» degan so’zlaridan kelib chiqib “mol”ni dinga bog’liqligi so’ralgan

Ustozning «Mol bo‘lmasa, nafs bo‘lmaydi, nafs bo‘lmasa, din bo‘lmaydi» degan so’zlaridan kelib chiqib “mol”ni dinga bog’liqligi so’ralgan

Nashr sanasi: April 13, 2025

Savol :

Ustoz, «Maqosidush-shari’a» darsingizda: «Mol bo‘lmasa, nafs bo‘lmaydi, nafs bo‘lmasa, din bo‘lmaydi», degan ekansiz. «Mol» deganda boylikni tushunishimiz kerakmi? Axir sahobalarning aksariyati kambag‘al bo‘lishgan-ku. Hattoki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham boy bo‘lmaganlar. Yo men noto‘g‘ri tushundimmi? Iltimos, tushuntirib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu yerda aytilayotgan “mol” degani — faqat pul emas, balki hayotda zarur bo‘lgan barcha moddiy ne’matlar. Agar bu narsalar bo‘lmasa, dinni yoyish, uni amalda ko‘rsatish qiyinlashadi.

Siz bu gapni biroz noto‘g‘ri tushunibsiz. Ya’ni, bu yerda «mol» degani faqat pul degani emas. Biz yeb-ichadigan ovqatimiz ham mol hisoblanadi, kiyinadigan kiyimimiz, yashaydigan uyimiz — bularning barchasi molga kiradi. Agar mol-dunyo bo‘lmasa, uy bo‘lmaydi, kiyim bo‘lmaydi, ovqat bo‘lmaydi, qurol ham bo‘lmaydi. Shunday holatda hayot qanday davom etadi? Odamlar qanday yashaydi? Bola-chaqa qanday o‘sadi? Din qanday rivojlanadi?

Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘zlari kamtar hayot kechirsalar ham, u zotning qo‘llarida mol-dunyo bo‘lgan. U zot masjid qurdilar, odamlarni bir-biriga yordam berishga undadilar. Ansor va muhojirlarni aka-uka qildilar. Bog‘-rog‘lar ekishga, chorvachilik qilishga da’vat etdilar. Sadaqa tuyalari bo‘ldi, zakot berishga chaqirdilar.

Zakot nimadan beriladi? Albatta, mol-dunyodan. Qancha sahobalar boy bo‘lgan. Masalan, Abu Bakr roziyallohu anhu, Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu — 700 ta tuyani, ustidagi yuklari bilan birgalikda Alloh yo‘lida bir kunda sadaqa qilganlar. Bu hazilakam narsa emas, bu butun Madina aholisi uchun yetadigan boylik edi.

Usmon roziyallohu anhu ham juda boy edilar. U kishining ko‘p tillolari bor edi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari ko‘p molga ega bo‘lmaganlar, biroq u zotning ashoblari orasida boylar ko‘p bo‘lgan, va ular bu boylikni din xizmatiga sarflaganlar.

Aynan shu boyliklar orqali Rumga qarshi g‘azot qilingan, Makkani fath qilish mumkin bo‘lgan. Boylik bo‘lmaganida bularning hech biri amalga oshmasdi. Demak, bu yerda aytilayotgan “mol” degani — faqat pul emas, balki hayotda zarur bo‘lgan barcha moddiy ne’matlar.

Mol — qilich ham bo‘ladi, tuya ham, uy ham, oziq-ovqat ham. Agar bu narsalar bo‘lmasa, dinni yoyish, uni amalda ko‘rsatish qiyinlashadi.

Shuning uchun Shariatning maqosidlaridan biri — mol-dunyoni asrash, uni to‘g‘ri yo‘lga sarflash, rivojlantirish. Boylikka intilish, lekin uni Alloh yo‘lida ishlatish, to‘g‘ri yo‘naltirish — bu bizga buyurilgan.

To‘g‘ri, agar boylikning o‘ziga berilib, ortidan quvib ketilsa, bu katta xatodir. Masalan, suv ichamiz deb daryo ichiga kirib ketib, o‘zimizni yo‘qotsak, bu noto‘g‘ri. Ammo ayni paytda suvsiz hayot ham bo‘lmaydi-ku. Suvdan foydalanamiz, lekin uning ichiga botmaymiz. Mol ham xuddi shunday — undan foydalanamiz, lekin unga qul bo‘lmaymiz. Foydalanamiz — Alloh yo‘lida, jamiyat foydasiga ishlatamiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

    April 17, 2025
  • Musulmon odam do‘zaxda abadiy qoladimi?

    April 17, 2025
  • Go‘zal xulq bilan muomala qilish riyomi?

    April 17, 2025
  • Qarzdorlar qarzini cho‘zib yursalar, menga ajr yoziladimi?

    April 17, 2025
  • Kasalni ziyorat qilishga beparvo bo‘lish — bu iymon zaifligining belgilaridan biridir.

    April 17, 2025