Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ustoz, qabrdan so‘rash shirk ekanini bilamiz, lekin oddiy odamlar shunday qilsa, “ular gunohkor emas, faqat domlalar javobgar” deyishmoqda. Bu to‘g‘rimi?

Ustoz, qabrdan so‘rash shirk ekanini bilamiz, lekin oddiy odamlar shunday qilsa, “ular gunohkor emas, faqat domlalar javobgar” deyishmoqda. Bu to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: June 26, 2025

Savol :

Ustoz, qabrdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rash shirk ekanini bilamiz. Ammo ko‘pchilik oddiy odamlar qabrlarga borib, hojatini bevosita marhumdan so‘rashadi. Ayrim mulla va domlalar bunga yo‘l ochib bergan. Hatto bir ahli ilm shunday dedi: “Omi (savodsiz) odam qabrdan so‘rasa, unga gunoh yozilmaydi. U noto‘g‘ri yo‘lga boshlagan domlalar esa gunohkor bo‘ladi, lekin oddiy odamlar ajr olaveradi.” Shu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu fikr noto‘g‘ri. Ha, noto‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan domla gunohkor bo‘ladi, lekin shirkni qilgan oddiy odam ham javobgarlikdan ozod bo‘lmaydi. Shirk — og‘ir gunoh. Qabrdan narsa so‘rash Allohning haqlariga tajovuzdir. “Domla aytdi” deb qilgan ish uchun hech kim ozod qilinmaydi. Har kim o‘zi uchun javob beradi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu fikr noto‘g‘ri. Albatta, noto‘g‘ri yo‘lga undagan domla gunohkor bo‘ladi, bu haqiqat. Rasululloh ﷺ aytganlar:

مَنْ سَنَّ فِي الإِسْلاَمِ سُنَّةً سَيِّئَةً فَعُمِلَ بِهَا بَعْدَهُ كُتِبَ عَلَيْهِ مِثْلُ وِزْرِ مَنْ عَمِلَ بِهَا وَلاَ يَنْقُصُ مِنْ أَوْزَارِهِمْ شَىْءٌ ‏‏.‏

“Kim Islomda yomon bir yo‘l ochsa va undan keyin odamlar shu yo‘ldan yurishsa, u kishiga ular qilganlarning gunohi ham yoziladi. Ularning gunohi esa hech kamaytirilmaydi.”
(Imom Muslim rivoyati)

Lekin bu oddiy odam gunohsiz qoladi, hatto ajr oladi degani emas. Shirk bo‘lgan amalda o‘zi qilgan odam ham javobgar, domlasi aytgan, desin yoki yo‘q. Har bir inson shaxsiy javobgarlik bilan so‘raladi.

Alloh Qur’onda aytadi:

أَلَّا تَزِرُ وَازِرَةٌۭ وِزْرَ أُخْرَىٰ ٣٨

“Hech kim boshqa birovning gunohini ko‘tarmaydi.”
(Surah Najm: 38)

Domlaning noto‘g‘ri fatvosi ulamolarga alohida savol bo‘ladi. Ammo unga ergashgan odam “Men oddiyman, meni aldashdi” deyolmaydi. Chunki har kimga aql, quloq, qalb, eshitish va tafakkur berilgan. Qabrga borib, duo qilish boshqa, qabrdan so‘rash, istig‘osa qilish — bu shirk.

Qur’onda ochiq aytilgan:

وَمَا كَانَ لِىَ عَلَيْكُم مِّن سُلْطَـٰنٍ إِلَّآ أَن دَعَوْتُكُمْ فَٱسْتَجَبْتُمْ لِى ۖ فَلَا تَلُومُونِى وَلُومُوٓا۟ أَنفُسَكُم ۖ

 Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yo`q edi. Faqat da’vat qilsam, o`zingiz menga ijobat qildingiz. Bas, meni malomat qilmang, o`zingizni malomat qiling.

Do‘zax ahlining pushaymoni Qur’onda tasvirlangan:

رَبَّنَآ ءَاتِهِمْ ضِعْفَيْنِ مِنَ ٱلْعَذَابِ وَٱلْعَنْهُمْ لَعْنًۭا كَبِيرًۭا ٦٨

Ey Robbimiz, sen ularga azobdan ikki hissa bergin va ularni katta la’natlash ila la’natlagin!» dedilar.


Lekin bu na foyda beradi, na azobni kamaytiradi.

Shuning uchun shirk yo‘lida bo‘lgan har bir kishi o‘zi javobgar. “Falonchi domla aytgandi” degan bahona qiyomatda o‘tmaydi. Qabrdan, insondan, valiydan narsa so‘rash — bu Allohning haqlariga tajovuzdir.

Sizda aql, quloq, imkoniyat bor ekan, haqni topishga harakat qilish kerak. Alloh sizdan o‘zingizni, niyatingizni, so‘zlaringizni va amallaringizni so‘raydi. Domlani esa alohida so‘raydi. Lekin sizning javobgarligingiz domlaning noto‘g‘ri fatvosi bilan yo‘qolib qolmaydi.

Bu masala — iymon va oxirat masalasi, juda jiddiy. Alloh asrasin, shirk bilan o‘lish eng og‘ir oqibatdir.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025