Ustoz, ayolimga ko‘p nasihat qilaman: “Qo‘shiq eshitma, telefonda ko‘p o‘tirma”, deb. U “xo‘p” deydi-yu, lekin baribir o‘z bilganini qiladi. Telefonini ko‘zdan kechirsam, otasi ota-onamni yomonlab yozgan SMSlarini ko‘rib qoldim. Men uni noshar’iy to‘yga yubormagandim, otasi esa “Qo‘yaver, men ularni duoyi bad qilyapman”, deb yozibdi. Endi esa ayolimdan ajrashib, boshqasiga uylanay desam, u bir oylik homilador. Ustoz, nima qilay? Maslahat bering.
Ustoz, ayolim nasihatga quloq solmayapti, telefonidan ota-onamni yomonlagan SMSlarni topdim. U homilador, ajrashish to‘g‘rimi?
Savol :
Javob :
Bu holatda ajrashishdan ko‘ra, sabr, nasihat va yaxshi muomala yo‘lini tutish afzal. Har bir ayolda kamchilik bo‘ladi, ammo sabr va yumshoqlik bilan ayol tarbiyalanadi. U hozir homilador, bu holatda ajrashish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Maqola foydali bo’ldimi?
1