Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ustoz, avtosalonda ishlash joizmi? U yerda mashinalar naqd, bo‘lib to‘lash yoki kredit asosida sotiladi.

Ustoz, avtosalonda ishlash joizmi? U yerda mashinalar naqd, bo‘lib to‘lash yoki kredit asosida sotiladi.

Nashr sanasi: June 24, 2025

Savol :

Ustoz, avtosalonda ishlash joizmi? Chunki u yerda mashinalar naqd, bo‘lib to‘lash yoki kredit asosida sotiladi. Avtosalon aslida vositachi xolos — mashinani bank orqali berilishini rasmiylashtirib beradi, keyin esa mijoz va bank o‘zaro hisob-kitob qiladi. Avtosalon bu jarayondan chiqib ketadi. Shunday sharoitda bu yerda ishlash diniy jihatdan joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu ish ixtilofli. Baʼzi ulamolar joiz deyishgan. Agar faqat vositachi bo‘lsangiz va boshqa halol ish topish qiyin bo‘lsa, ishlash mumkin. Ammo taqvo yuzasidan, riboga aloqador muomalalardan yiroq bo‘lish uchun imkon bo‘lsa, boshqa ish topish afzal.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala ixtilofli. Zamonaviy ba’zi ulamolar, jumladan ayrim ustozlar va “Robita” ulamolari bu ishni joiz deb hisoblagan. Agar siz faqat ishchi sifatida qatnashayotgan bo‘lsangiz va boshqa halol ish topish qiyin bo‘lsa, ishlab tursangiz bo‘ladi.

Lekin taqvo nuqtai nazaridan aytadigan bo‘lsak, bu sohada odamlar ko‘pincha riboga aralashgan bitimlar bilan mashina olishmoqda. Siz ham bu vositachilik orqali ribo muomalasiga sherik bo‘lib qolishingiz mumkin.

Shuning uchun imkoningiz bo‘lsa, boshqa, haromlikka shubha yo‘q bo‘lgan ishni tanlaganingiz yaxshiroq bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • “Fazl” nima? Iltimos, tushuntirib bersangiz.

    July 7, 2025
  • Spirt zavodidan chiqqan atala bilan boqilgan, hatto mast bo‘lgan molning go‘shti halol bo‘ladimi?

    July 5, 2025
  • Farzandsiz er-xotinlarga nasihat.

    July 5, 2025
  • Ona farzandining pulini olib qo‘yishi joizmi?

    July 5, 2025
  • Erim chet elda yuradi, yiliga 15 kun keladi, to‘shak haqlarimni ado etmaydi. Qochib ketsam bo‘ladimi?

    July 5, 2025
  • Tanishim uchun kreditga televizor olib bergandim. U esa haligacha pulini to‘lamagan. To‘lov kimning bo‘ynida?

    July 5, 2025