Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Uloq yoki ko‘pkari halolmi?

Uloq yoki ko‘pkari halolmi?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Ustoz, uloq yoki ko‘pkari halolmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu o‘yinda ko‘p zarar va zulm bo‘lganligi sababli, shariat bunday amallarni maqullamaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu o‘yinda shariatga zid bo‘lgan bir qancha jihatlar mavjud. Eng avvalo, hayvonga zulm qilinadi — otlarni haddan tashqari uriladi, boshlaridan qon ketadi. Men o‘zim yoshligimda uloq tomoshalariga borganman, juda g‘aroyib va achinarli holatlarga guvoh bo‘lganman.

O‘yin vaqtida odamlar yiqilib, jarohatlanadi, suyaklari sinadi. Bundan tashqari, bu kabi yig‘inlarda ko‘pincha g‘ayrishar’iy holatlar — musobaqa doirasidan chiqadigan janjal, g‘avg‘o va hatto ichkilik va boshqa gunohlar ham bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, solim (uloq)ni olish jarayonida odamlar bir-birlarini urib, hatto ba’zida kaltak bilan zarba berishgacha boradi. Otga va insonlarga nisbatan zulm, baqir-chaqir, mushtlashish va behuda o‘zini xavfga qo‘yish holatlari ko‘p uchraydi.

Rasululloh ﷺ zamonida ot chopish, ot ustida chiniqish bor edi — bu foydali sport, harbiy tayyorgarlik hisoblanadi. Ammo uloq o‘yini — bu ur-sur, tartibsizlik, hayvonga va insonlarga azob yetkazish bilan birga bo‘ladigan mashg‘ulotdir.

Shu bois, bu o‘yinning hozirgi holati — ya’ni ko‘plab harom yoki makruh amallar bilan aralashib ketgan shakli shariatda ma’qullanmaydi. Faqatgina ot minish, yurish, sport shaklida, hech kimga zulm qilmasdan o‘tkaziladigan mashqlar halol bo‘ladi. Ammo uloq yoki ko‘pkari hozirgidek ko‘rinishda halol deb bo‘lmaydi.

Xulosa: Bu o‘yinda ko‘p zarar va zulm bo‘lganligi sababli, shariat bunday amallarni maqullamaydi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026