Ustoz, uchta birodar tijorat boshladik. Bittamiz pul tikdi. Ikkitamiz ish qiladigan va foyda teng uchga bo‘linadigan bo‘ldi. Mening asosiy ishim hisob-kitobni nazorat qilish, internetda reklama qilish va odam ko‘payganda mijozlarga qarash edi.
Alhamdulillah, ishlarimiz zo‘r bo‘lib ketdi. Uch yil o‘tgach men uzoq muddatga xorijga ketadigan bo‘ldim. Uchtamiz sheriklik haqida maslahat qildik va men pul tikib, sheriklikda qolishni taklif qildim. Ular esa: “Pul tikish shart emas. Chet elda bo‘lsang ham ba’zi ishlarni masofadan hal qilib turasan. O‘rningga bir kishini ishga olamiz, unga oylikni sen berasan. Sheriklik davom etaveradi va foydani uchga bo‘lamiz”, deyishdi.
Mening qiladigan ishim anchagina kamayadi, lekin hammamiz shu taklifga rozi bo‘ldik va hozirda shu tartibda ishlayapmiz. Shu ishimiz to‘g‘rimi?