Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >To‘ylarda ofitsiant bo‘lib ishlaydigan kishining savoli.

To‘ylarda ofitsiant bo‘lib ishlaydigan kishining savoli.

Nashr sanasi: July 17, 2025

Savol :

Ustoz, men to‘yxonada ofitsiant bo‘lib ishlayman. Ko‘pincha to‘y tugagandan keyin dasturxondagi ne’matlardan so‘ramasdan olib yeganman va ba’zilarini uyga olib kelganman. Endi buning gunoh ekanini bilib qoldim, lekin qaysi va kimning to‘yi bo‘lganini eslay olmayman. Bu gunohimni qanday yuvsam bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

So‘ramay dasturxondan ovqat olib yeyish to‘g‘ri emas. Shuning uchun istig‘for ayting, to‘y egalarining haqqiga duo qiling. Agar ijaraga olingan mahsulotlardan olgan bo‘lsangiz — bu o‘g‘irlikka yaqin bo‘ladi. Egasini topa olmasangiz, qaytarish shart emas, lekin bu kabi ishlardan kelajakda tiyiling.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda siz qilgan ish to‘g‘ri bo‘lmagan. Shuning uchun istig‘for ayting va o‘sha to‘y egalari uchun:
“Alloh rozi bo‘lsin, haqlarini menga halol qilsin,” deb duo qiling.

Agar dasturxonda ortib qolgan, mehmonlarga ruxsat berilgan narsalardan olgan bo‘lsangiz, bu shubhali, lekin odatda odamlar bu narsani halol ko‘rgan. Ammo hozirgi kunda ba’zi to‘ylarda pista, bodom, meva kabi mahsulotlar ijaraga olinadi. Bu narsalar to‘ydan keyin egasiga qaytarilishi kerak bo‘ladi. Agar siz shunday mahsulotlarni olib ketgan bo‘lsangiz, bu holat o‘g‘irlikka yaqin bo‘ladi.

Endi esa nima qilish kerak?

  • Egalarini topishning imkoni bo‘lmasa — qaytarib berish shart emas.

  • Lekin bu ish uchun istig‘for so‘raysiz.

  • Ularning haqqiga duo qilasiz.

  • Kelajakda bu kabi ishlardan qat’iy tiyilasiz.

Shuningdek, eslab qoling: to‘y qilayotgan odamlar xalq yeyishini ko‘zlab qilsa yaxshi. Aks holda, xo‘ja ko‘rsinlik bilan ehson qilish, ijaraga olinib keyin tortib olinadigan mahsulotlar — urfga ham, shariatga ham mos emas.

Xulosa:
To‘y mahsulotlari muboh bo‘lsa, yeganingizda gunoh yo‘q, lekin shubha bor. Ijaraga olingan bo‘lsa — bu noto‘g‘ri. Hozir sizdan talab qilinadigan narsa — istig‘for va tavba. Alloh qabul qilsin.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026