Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tojikistonda “halol” muhri bosilgan kolbasalarni yesak bo‘ladimi?

Tojikistonda “halol” muhri bosilgan kolbasalarni yesak bo‘ladimi?

Nashr sanasi: September 4, 2025

Savol :

Ustoz, biz tojikistonlikmiz. U yerdagi ham, bu yerdagi ham “halol” deb muhr bosilgan kolbasalarni yesa bo‘ladimi? Bu kolbasa ishlab chiqaradigan korxonalarning rahbarlari namozxon, hoji odamlar deb eshitganmiz. Lekin kolbasaning qanday tayyorlanishi va unga nimalar qo‘shilishini bilmaymiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Kolbasaning ustiga “halol” deb yozilishi bilan halol bo‘lib qolmaydi, uni kim va qanday tayyorlagani muhim. Agar ishlab chiqaruvchilari taqvoli, rostgo‘y musulmonlar bo‘lsa, iste’mol qilish joiz. Ammo ishonchsiz, faqat pulni o‘ylaydigan odamlar ishlab chiqargan bo‘lsa, bunday mahsulotlardan tiyilgan afzal.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida bunday narsani bilib iste’mol qilish kerak. Kolbasa degani ichiga ko‘p narsalar aralashtiriladigan mahsulot. Ustiga “halol” deb yozilishi yoki muhr bosilishi bilan halol bo‘lib qolmaydi. Muhimi – mahsulotning qanday tayyorlanayotgani va kim tomonidan ishlab chiqarilayotganini bilishdir.

Agar mahsulotni ishlab chiqarayotganlar orasida taqvoli, namozxon, salohiyatli odamlar bo‘lsa va ular xalq orasida rostgo‘yligi bilan tanilgan bo‘lsa, ularning gapiga ishonish mumkin. Chunki musulmon odam halol deb chiqarayotgan bo‘lsa, biz unga ishonamiz. Musulmonning so‘ziga ishonmasak, qassobdan ham, mezbondan ham shubhalanishga to‘g‘ri keladi. Bu esa odamlar orasida keraksiz gumon va haraj keltirib chiqaradi.

Shuning uchun, agar zohirida halollik belgisi ko‘rinib tursa, ishlab chiqaruvchilari taqvoli va rostgo‘y musulmonlar bo‘lsa, iste’mol qilish joiz bo‘ladi. Ammo agar mahsulotni ishlab chiqaruvchilar faqat pulni o‘ylaydigan, nimani bo‘lsa ham qo‘shaveradigan, ishonchsiz odamlar bo‘lsa, bunday mahsulotlardan tiyilgan afzal.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Uch kishi sheriklik asosida qilayotgan ish haqida.

    September 5, 2025
  • Musulmon kofir yurtda yashasa bo‘ladimi?

    September 4, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025