Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >To’g’ri duo qilish haqida

To’g’ri duo qilish haqida

Nashr sanasi: May 23, 2025

Savol :

Hozirda odamlar duolarida:
“Ollohim, go‘zal ismlaring haqqi hurmati, o‘zingning go‘zal jamoling haqqi hurmati, Payg‘ambarimiz haqqi hurmati, Qur’oni Karim hurmati, muborak mavlud oyida turibmiz, duomizni ijobat qil” — deyishyapti. Shunday duo qilish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

“Falonchining haqqi-hurmatidan” deb duo qilish shariatda joiz bo‘lmagan, bid’at bo‘lgan duo sanaladi. Allohdan biror narsani so‘ralganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri so’raladi. Ma’lum bir holatlarda amalni o‘rtaga qo‘yish shariatda kelgan. Yoki tirik bo‘lgan solih kishining oldiga borib, “biz uchun duo qiling” deb so‘rash ham joiz.

Bismillah, alhamdulillah, vas-salatu vas-salamu ‘ala Rasulillah. Amma ba’d.

Bunday tarzda duo qilish — ya’ni, “falonchining haqqi-hurmatidan deb so‘rayman” — shariatda joiz bo‘lmagan, bid’at bo‘lgan duo sanaladi. Alloh taolodan “falonchining hurmati uchun, haqqi uchun menga ber” deb so‘ralmaydi.

Alloh Subhanahu va Taologa duo qilgan paytda biror shaxsning hurmati yoki haqqini o‘rtaga qo‘yib so‘rash Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sobit bo‘lmagan. Salaf solihlar — sahobalar va ulardan keyingi avlodlar — ham bunday duo qilmagan. Hatto duoda haddan oshmanglar deb ogohlantirilgan.

Biz Allohdan biror narsani so‘ragan paytimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri:
“Ey Robbim, mana shu narsani menga ato et” — deb so‘rashimiz kerak. Bu usul sunnatda bor. Agar vosita (vasila) qilmoqchi bo‘lsak, o‘zimizning solih amallarimizni vasila qilsak bo‘ladi. Masalan: iymonimiz, solih amallarimiz va boshqalar.

Sahih hadislarda uch kishi g‘orda qolib ketgani va har biri o‘zining solih amalini tilga olib duo qilgani haqida voqea bor. Natijada Alloh g‘or og‘zini ochib bergan. Shunday holatda amalni o‘rtaga qo‘yish shariatda kelgan.

Yoki tirik bo‘lgan solih kishining oldiga borib, “biz uchun duo qiling” deb so‘rash ham joiz. So‘ngra o‘sha kishi duo qiladi, qolganlar “omin” deb turadi. Bu holat shariatda mavjud va mashru’.

Ammo yuqoridagi kabi “falonchining haqqi uchun, hurmati uchun” deb duo qilish — shar’an noto‘g‘ri, hatto mantiqan ham to‘g‘ri emas.

Nega deganda, Allohning huzuriga borib, boshqa bir insonning hurmatini o‘rtaga qo‘yish bu:
“U Senga ko‘p ibodat qilgan, shuning uchun menga ber” degan ma’noni bildiradi. Bu yerda o‘sha kishining hurmatidan sizga nima? U kishining amali sizga qanday aloqador? — degan savol tug‘iladi.

Bu fikr aqlan ham asossiz. Shar’an esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hech qachon:
“Falonchining haqqi uchun menga ber” deb duo qilmaganlar. Sahobalar ham shunday duo qilmagan. Bizga mashru‘ bo‘lgan duo shakllari — yuqorida aytib o‘tganimizdek — Allohdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rash yoki o‘z amallarimizni vasila qilishdir.

Hadisda ham:
“Agar so‘rasang, faqat Allohdan so‘ra” — deb buyurilgan.

Shuning uchun, hozir ba’zilar aytayotgan “haqqi hurmati” deb duo qilish bid’at hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025