Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

Nashr sanasi: August 31, 2025

Savol :

Ustoz, meni tog‘amning o‘g‘liga uzatishgan. Doktorlarning aytishicha, qon yaqinligi sabab farzandlarimiz nosog‘lom tug‘ilar emish. To‘ng‘ich qizimiz ham aqli zaif va “quyonchiq” kasali bor. Ko‘rsatmagan doktorimiz qolmadi, ichirmagan dorimiz qolmadi.

Shu qizimizni zuluk bilan muolaja qilib ko‘rsak bo‘ladimi? Nogiron farzand ko‘rishdan qo‘rqib farzand ko‘rishni to‘xtatib turibmiz. Shu sababli ajrashib, har ikkimiz boshqa oila qursak bo‘ladimi yoki Allohga tavakkul qilib farzand ko‘rishimiz kerakmi?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avvalo, farzand berish ham, uning sog‘lom yoki nosog‘lom bo‘lishi ham Alloh taoloning irodasi bilan bo‘ladi. Qon yaqinligi sabab bo‘ladi, degan gapni shifokorlar aytishadi. To‘g‘ri, ayrim hollarda yaqin qarindoshlardan bo‘lgan nikohda ba’zi kasalliklar kuzatilishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, farzand berish ham, uning sog‘lom yoki nosog‘lom bo‘lishi ham Alloh taoloning irodasi bilan bo‘ladi. Qon yaqinligi sabab bo‘ladi, degan gapni shifokorlar aytishadi. To‘g‘ri, ayrim hollarda yaqin qarindoshlardan bo‘lgan nikohda ba’zi kasalliklar kuzatilishi mumkin. Ammo bu doimiy qoida emas. Chunki ko‘plab qarindoshlar o‘zaro uylangan, lekin farzandlari sog‘lom bo‘lgan. Rasululloh ﷺ ham qizlari Fotimani amakivachchalari Ali roziyallohu anhuga berganlar. Sahobalar orasida ham bunday misollar ko‘p.

Demak, o‘z-o‘zidan “qarindoshga uylanish – farzand nosog‘lom tug‘iladi” degan qat’iy hukm yo‘q. Ammo agar ishonchli mutaxassis shifokor ma’lum oilada genetik muammo borligini aniqlasa, bunga jiddiy e’tibor berish kerak. Bu holda ajrashib, boshqa oila qurish shar’an joiz bo‘ladi, chunki bu sababni inobatga olish mumkin. Oila qurishdagi asosiy maqsadlardan biri – zurriyot qoldirish, sog‘lom farzand tarbiyalashdir.

Biroq shuni unutmangki, nogiron farzand Allohning sizlarga sinovi va ayni paytda rahmatidir. Bu siz uchun qiyomatda katta ajr va mag‘firat sababchisi bo‘ladi. Hadislarda aytilganidek, Alloh taolo mo‘min bandasini sinov bilan ulug‘laydi va bu uning gunohlariga kafforat bo‘ladi. Balki bu hol sizlar uchun dunyo va oxiratda foyda bo‘lar.

Zuluk bilan davolash masalasiga kelsak: shariatda davolanish joiz. “Alloh dardni berganidek, dardining davosini ham bergan” deyiladi. Zuluk ham ayrim kasalliklarda foydali bo‘lishi mumkin, ammo bu hamisha emas. Har narsaga zuluk yoki hijoma qilaverish to‘g‘ri emas. Mutaxassis, ishonchli tabibdan maslahat olib, zarar va foydasi aniqlangandan keyin qilinadi.

Shunday ekan, bu masalada shifokorlarning ilmiy maslahatini inobatga olib qaror qiling. Eng muhimi, sabr qiling, duoda bo‘ling. Nogiron farzand – Allohning sizlarga sinovi, balki oxiratda eng katta ne’mat bo‘lib chiqadi. Alloh sizlarga chiroyli sabr, yaxshi qaror va halol rizq ato qilsin.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025