Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tijoratchiga aylantirish uchun dollar bersak, foydani so‘mda qaytarishi joizmi?

Tijoratchiga aylantirish uchun dollar bersak, foydani so‘mda qaytarishi joizmi?

Nashr sanasi: October 31, 2025

Savol :

Bir tijoratchiga pulni aylantirishi uchun dollar ko‘rinishida bergandik.
U bizga foydaning yarmini beradi, lekin uni so‘mda beradi.
Shu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunda hech qanday muammo yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunda hech qanday muammo yo‘q.

Agar u dollar bilan savdo qilayotgan bo‘lsa, foydadan sizga so‘mda berishida hech narsa noto‘g‘ri emas.

Masalan, bir odam mahsulot ishlab chiqarsa, foydadan sizga o‘sha mahsulotdan berishi ham mumkin.
Ya’ni nimaga kelishilgan bo‘lsa, o‘sha asosda foyda taqsimlanadi.

Bu masalada “albatta foydani dollar ko‘rinishida berish kerak” degan shart yo‘q.

Foyda miqdori hisob-kitob paytida aniqlanadi —
masalan, siz necha dollar bergan bo‘lsangiz, foydani shunga nisbatan hisoblaysizlar.
Ammo uni so‘mda berish, yoki dollarda berish — ikkalasi ham joiz.
Bu faqat o‘zaro kelishuvga bog‘liq.


Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026