Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ta’ziyada qanday qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?

Ta’ziyada qanday qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?

Nashr sanasi: September 14, 2025

Savol :

Ustoz, bizda odamlar taziyaga kelganda Qur’on o‘qishadi. Azador oila uch kun eshik tagida turishadi. Buning bid’atligini yaqinda bildik. Har insonning boshida bor. Mabodo azador bo‘lib qolsak, qanday yo‘l tutishimiz kerak? Bu ishlar bid’atligini ko‘pchilik bilmaydi. Qarindosh-urug‘: “Shu ishlarni qilamiz, eshik tagida turamiz”, — deb turib olsa, nima qilishimiz kerak? Hech kimni kiritmasak, qarindoshlar o‘rtasida nizo kelib chiqishi mumkin.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

O‘lim bo’lgan xonadonda Qur’on o‘qish, uch kunlik, qirq kunlik, xudoyi kabi marosimlar — bid’at. Bu haqda fatvolar ham chiqqan. Ta’ziya bildirishi joiz, ammo ortiqcha yig‘ilish, ovqat berish, xarajat qilish dinimizda yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida, o‘lim bo‘lgan xonadonda Qur’on o‘qish, xudoyilar qilish, uch kunlik, qirq kunlik, yigirma kunlik marosimlar qilishning barchasi bid’atdir. Bu haqda diniy idoradan fatvolar ham chiqqan, masjidlarda o‘qib eshittirilgan, muftiylar va ulamolar suhbatlarida ham ko‘p marta tushuntirilgan. Shunga qaramay, odamlar orasida hanuz davom etmoqda.

Bu masalada eng katta mas’uliyat masjid imomlarida. Agar imomlar o‘zlari bu ishni qo‘llab-quvvatlasa yoki indamay qo‘ya bersa, odamlar to‘xtamaydi. Holbuki, diniy idora aniq fatvo chiqargan: bunday marosimlar bid’at va dinimizga yot narsalardir. Shunday ekan, imomlar odamlarga hikmat bilan tushuntirishlari kerak.

Azador bo‘lganda odamlar kelib ta’ziya bildirishi — bu joiz. Odamlarni eshikdan qaytarib yuborish yaxshi emas. Ammo ta’ziyani uch kun bilan cheklash, Qur’on o‘qish uchun yig‘ilishlar uyushtirish, xudoyi berish, “yettisi”, “qirq”si kabi marosimlarni qilish dinimizda yo‘q. Bular ko‘pincha ortiqcha xarajat va isrofgarchilikka, hatto yetimlarning molini yeyishga sabab bo‘lib ketadi.

Azador uy — musibat joyi. Afsuski, bu joylar ko‘pincha to‘y marosimi kabi bo‘lib qoladi: odamlar ovqat yeydi, gap-so‘z qiladi. Bu esa marhum uchun emas, tiriklarga tashvish va zarar keltiradi.

Shuning uchun bunday odatlarga asta-sekin chek qo‘yish kerak. Birdan “buni qilmanglar!” deb chiqish mojaroga olib kelishi mumkin, ammo hikmat bilan, sabr bilan tushuntirib borilsa, odamlar ham asta-sekin to‘g‘ri yo‘lni tushunib yetadi.

Azadorlik paytida to‘g‘ri yo‘l — odamlar kelib ta’ziya bildiradi, duo qiladi, sabr tilaydi. Shariat ko‘rsatgan chegaradan ortiqcha marosimlar qilinmaydi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025