Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >“Taloqsan” deb aytib, keyin esa: “Men buni seni qo‘rqitish uchun aytdim” desa, uning hukmi qanday boladi?

“Taloqsan” deb aytib, keyin esa: “Men buni seni qo‘rqitish uchun aytdim” desa, uning hukmi qanday boladi?

Nashr sanasi: May 21, 2025

Savol :

Ustoz, bir ayolning eri janjal vaqtida unga “Taloqsan” deb aytibdi. Keyin esa: “Men buni seni qo‘rqitish uchun aytdim”, — debdi. Ayol bu uchinchi taloq bo‘lishidan xavotirda. Eri esa bu ikkinchi taloq bo‘lganini va bu gapni taloq niyatida aytmaganini da’vo qilmoqda. Bunday holatda kimning so‘zi inobatga olinadi? Bu vaziyatda nima qilish kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillahir rohmanir rohiym. Vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d. Bu qiyin holat. Ochiqchasiga “Taloqsan” deb aytilgan bo‘lsa, bu taloq hisoblanadi. Bunday vaziyatda yanada ko‘proq suhbat va tafsilot kerak bo‘ladi. Shuning uchun eng afzali — sizlar uchun ishonchli bo‘lgan, shariat ilmini egallagan bir ahli ilm huzuriga borib, xotiningiz ham siz bilan birga bo‘lib, holatni to‘liq tushuntiringlar. Shunda masala to‘g‘ri va shariat asosida hal qilinadi, inshaAlloh. Vallohu a’lam.

Bismillahir rohmanir rohiym. Vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Bu qiyin holat. Bunday vaziyatda yanada ko‘proq suhbat va tafsilot kerak bo‘ladi. Er-xotin ikkisining ham gaplarini tinglash lozim. Mening nasihatim — sizlarga yaqin bo‘lgan, shariatni yaxshi biladigan bir olim kishining huzuriga borib, holatingizni to‘liq tushuntiringlar.

Birinchi taloq qanday bo‘lgan? Ikkinchisi qanday bo‘lgan? Bu uchinchi holat aynan qanday kechgan? Bularning barchasini batafsil bayon qilishingiz kerak. Chunki “niyatim boshqa edi” degan gap — agar “Taloqsan” degan ibora ochiq aytilgan bo‘lsa — uni niyat bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ochiqchasiga “Taloqsan” deb aytilgan bo‘lsa, bu taloq hisoblanadi. U aytilgan gapni odam qo‘rqitish uchun aytdimi, jim qilish uchun aytdimi — bu holatda baribir taloq lafzan aytilgan bo‘ladi.

Shu bois bu juda jiddiy masala. Eng afzali — sizlar uchun ishonchli bo‘lgan, shariat ilmini egallagan bir ahli ilm huzuriga borib, xotiningiz ham siz bilan birga bo‘lib, holatni to‘liq tushuntiringlar. Shunda masala to‘g‘ri va shariat asosida hal qilinadi, inshaAlloh.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025