Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

Nashr sanasi: April 17, 2025

Savol :

Hozirda texnologiya juda tez rivojlanmoqda. Sun’iy idrok (AI) orqali rasm va videolar yaratish mumkin. Hatto mavjud bo‘lmagan odamni video ko‘rinishida tasvirlab, uning nomidan istalgan gapni gapirtirish ham mumkin. Bunga shariat nima deydi? Agar bu ish harom bo‘lsa, musulmonlar rivojlanishda hammadan ortda qolib ketmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sun’iy idrok ishlarining aksari yolg‘onchilikka kiradi. Bunda ishtirok etmaslik rivojlanishdan ortda qolish emas. Rivojlanishdan orqada qolayotganimizning asosiy sababi Qur’onimizga amal qilmayotganimizda. Dinimizga qaytaylik. Shunda Alloh bizga o‘z azizligini beradi. Vallohu a’lam.

Bu ish, aslida, yolg‘onchilikka kiradi. Bu rivojlanishda ortda qolish emas, balki yolg‘onchilikda ishtirok etmaslik deganidir. Chunki bunday videolarda aytilayotgan gaplar yolg‘on ekanini, u odam aslida u gapni aytmaganini ko‘pchilik biladi. Shuning uchun, bu orqali “musulmonlar ortda qoladi” degan fikr noto‘g‘ri. Chunki bunday ishlarni qilmaslik hech qanday rivojlanishga to‘siq bo‘lmaydi.

To‘g‘ri, musulmonlar bugungi kunda rivojlanishda orqada qolayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo bunga sabab ingliz, rus, xitoy yoki boshqa tillarni bilmasligimiz emas. Asl sabab — Qur’onimizga amal qilmayotganimizda. Buni tushunish kerak. Biz qachonki dinimizni tark etdik — xor bo‘ldik.

Qachonki dinimizga qaytsak, Alloh bizga azizlik beradi. Aks holda, biz o‘z qozonimizdan ovqat pishira olmaymiz. O‘z uyimizda o‘zimiz erkin bo‘la olmaymiz. O‘z boyligimiz ustidan o‘zimiz hukm qila olmaymiz. Boshqalar bizni talon-taroj qiladi, biz esa ular tashlagan suyakni olish uchun o‘zaro janjallashib yuramiz. Bularning barchasi — dinimizni tark etganimiz uchun.

Izzat — faqat Allohdan. Alloh taolo mo‘min bandalarini aziz qiladi.

Shunday ekan, keling, biz mo‘min bo‘laylik. Dinimizga qaytaylik. Iymonimizni o‘rganaylik. Shunda Alloh bizga o‘z azizligini beradi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025