Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Sovuq joylarda ayol hijob ustidan kurtka yoki palto kiyishi joizmi?

Sovuq joylarda ayol hijob ustidan kurtka yoki palto kiyishi joizmi?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Ustoz, biz Qirg‘izistonda yashaymiz. Bu yerda qish oylarida juda sovuq bo‘ladi. Sovuqdan saqlanish uchun ayollar hijob ustidan kurtka yoki kamzul kiyishsa bo‘ladimi? Issiq kunlarda esa imkon qadar shariy hijob kiyishga harakat qilamiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, joiz. Faqat u ziynatli bo‘lmasin, tanani siqib ko‘rsatmasin va erkaklarga xos kiyimlarga o‘xshamasin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, bu kabi sovuq joylarda ehtiyojga binoan ayollarning hijob ustidan issiq kiyim — palto, kurtka va shunga o‘xshash narsalarni kiyishlariga ruxsat bor.

Bu kiyimlar shartli ravishda joiz hisoblanadi:

  • Agar ular ziynatli bo‘lmasa (ya’ni bezakli, jozibali, diqqat tortadigan emas),

  • Badanni siqib, shaklini ko‘rsatadigan darajada tor bo‘lmasa,

  • Va erkaklar kiyimlariga o‘xshamagan bo‘lsa (jinsiy farqni buzmaydigan kiyimlar bo‘lsa),
    — unda bunday kiyimlar shariy jihatdan joiz hisoblanadi.

Hijob maqsadi — ayolning ziynatini, badani shaklini va tanasini begona erkaklardan to‘sishdir. Agar issiq kiyimlar bu maqsadga xizmat qilsa, va ayniqsa sovuqda zarurat bo‘lsa, u holda bunday kiyimlar hijobning bir turi sifatida qaraladi.

Biroq, palto ustidan yana hijob kiysin deyish har doim ham qulay emas, bu ayollar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun, yuqoridagi shartlarga amal qilinsa, ayol hijob ustidan issiq kiyim kiyishi joizdir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025