Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Soqol oʼstiruvchi vositalardan foydalanish joizmi?

Soqol oʼstiruvchi vositalardan foydalanish joizmi?

Nashr sanasi: February 20, 2025

Savol :

Ustoz, yuzimning ba’zi joylarida soqol yaxshi o‘sayotgan bo‘lsa-da, boshqa joylarida juda siyrak va notekis chiqmoqda. Uni bir xil qilish maqsadida turli krem va vositalardan foydalanishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Krem surtish va boshqa yengil vositalarni ishlatishga ulamolar biroz yumshoqroq qarashgan. Ya’ni bu harom emas, lekin tabiiy holatda qoldirish yaxshiroq, deb maslahat berishgan.

– Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Agar soqol bir joyda yaxshi chiqib, boshqa joyda kamroq o‘sayotgan bo‘lsa, hozirgi kunda ayrim krem yoki shunga o‘xshash vositalardan foydalanib soqol o‘stirish mumkin, deb aytgan ulamolar bor.

Ammo bunday vositalarni ishlatmaslik yaxshiroq. Soqol umuman chiqmaydigan joylarga qo‘llash haqida ulamolar “mumkin, lekin Alloh taoloning bergan hilqatiga rozi bo‘lish afzal”, deb aytishgan.

Agar soqol kuyish yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qolgan bo‘lsa, uni tiklash uchun soqol ektirish joiz deganlar. Lekin shunchaki chiroyliroq ko‘rinish uchun yoki ozroq soqolni ko‘paytirish uchun soqol ektirish joiz emas, deb aytishgan.

Krem surtish va boshqa yengil vositalarni ishlatishga ulamolar biroz yumshoqroq qarashgan. Ya’ni bu harom emas, lekin tabiiy holatda qoldirish yaxshiroq, deb maslahat berishgan.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025