Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Sodiqlik haqida

Sodiqlik haqida

Nashr sanasi: April 15, 2025

Savol :

Ustoz, sodiqlik haqida tushuntirib bersangiz. Insonlar bir-biriga sodiq bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Har bir da’vo, har bir amal, har bir do‘stlik, har bir ilm yo‘li sodiqlikni talab qiladi. Kim sodiq bo‘lsa, Alloh uni tark etmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Sodiqlik degani — avvalo ixlos bilan bog‘liq. Ixlos — qilinayotgan har bir amal faqat Alloh uchun bo‘lishi. Agar maqsadga boshqa niyatlar qo‘shilsa — masalan, Alloh ham ko‘rsin, odamlar ham bilsin — bu ixlos buzilishidir. Sodiqlik esa — o‘sha ixlos bilan belgilangan maqsadga butun kuchini sarflashdir.

Masalan, bir kishi ilm olishga niyat qilgan bo‘lsa, agar u bor kuchini shu yo‘lga sarflasa — bu ilmda sodiqlik hisoblanadi. Ibodatda ham shunday: agar ibodatda chalg‘imasdan, astoydil harakat qilsa — bu ibodatdagi sodiqlikdir.

Do‘stlikda sodiqlik ham shunday bo‘ladi: do‘stining orqasidan yomon gapirmaslik, unga yordam berish, qiyinchilikda tark qilmaslik, unga butun qalbdan mehr bilan munosabatda bo‘lish — bu sodiqlik alomatlaridir.

Rasululloh ﷺ aytdilar: “Agar sen Alloh uchun sodiq bo‘lsang, Alloh ham senga sodiq bo‘ladi.” Ya’ni agar bir inson Alloh uchun chin qalbdan maqsad yo‘lida bor kuchini sarflasa, Alloh ham unga yordamini yetkazadi.

Ibn Taymiyya rahimahulloh mo‘g‘ullarga qarshi urush paytida, musulmonlarning sodiqligini ko‘rib, “Biz albatta g‘alaba qilamiz” deganlar. Chunki sodiqlik — Allohning sunnatlaridan biridir. Kim Alloh yo‘lida chin qalbdan sodiq bo‘lsa, Alloh uning yo‘lini ochib beradi.

Xulosa:
Har bir da’vo, har bir amal, har bir do‘stlik, har bir ilm yo‘li sodiqlikni talab qiladi. Kim sodiq bo‘lsa, Alloh uni tark etmaydi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025