Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Shom namozidan oldingi ikki rakat sunnat namozi to’g’risida

Shom namozidan oldingi ikki rakat sunnat namozi to’g’risida

Nashr sanasi: June 15, 2025

Savol :

Ustoz, shom namozidan oldin ikki rakat sunnat namozi bor ekan. Bu sunnat azon aytilgandan keyin o‘qiladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) aytganlar: “Sallu qoblal maghribi rak’atayn, sallu qoblal maghribi rak’atayn”, ya’ni: “Shomdan oldin ikki rakat o‘qinglar, shomdan oldin ikki rakat o‘qinglar” — deb, keyin “liman shaa”, ya’ni “xohlagan kishi” deb aytganlar. Bu sunnat mustahab hisoblanadi, o‘qilsa savobi bor.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillahi, va ba’d.

Bu sunnatga doir hadisda “shomdan oldin” deyilgan. Bu yerda azonning ahamiyati katta emas. Ya’ni, agar bu namoz azon aytilgandan keyin o‘qilsa, bu yana boshqa dalilga asoslanadi. U ham bo‘lsa: “Bayna kulli azanayni solatun”, ya’ni “har ikkita azonning orasida namoz bor”. Bu yerda ikki azon deganda, azon bilan iqtoma (takbir) o‘rtasi nazarda tutiladi. Shuning uchun bu asosga qarab aytilsa, azondan keyin o‘qilishi afzal bo‘ladi.

Lekin yana bir hadisda bu sunnat mutlaq tarzda keltirilgan. Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) aytganlar:
“Sallu qoblal maghribi rak’atayn, sallu qoblal maghribi rak’atayn”, ya’ni:
“Shomdan oldin ikki rakat o‘qinglar, shomdan oldin ikki rakat o‘qinglar” — deb, keyin “liman shaa”, ya’ni “xohlagan kishi” deb aytganlar. Bu degani — bu sunnat mustahab hisoblanadi, o‘qilsa savobi bor.

Demak, “shomdan oldin” degani bu sunnat mutlaqdir, ya’ni azon aytilmasdan ham, shom vaqti kirgandan keyin bu namozni o‘qish mumkin. Ammo kim “ikki azon orasida namoz bor” degan hadisni e’tiborga olib, aynan o‘sha niyat bilan o‘qimoqchi bo‘lsa, azon tugagach o‘qishi yanada afzal bo‘ladi.

Shu tariqa, ikkita dalilni jamlash uchun — ya’ni “shomdan oldin” degan mutlaq hadis va “ikki azon orasida namoz bor” degan hadisni uyg‘unlashtirish maqsadida — azondan keyin o‘qish afzal sanaladi.

Ammo agar azon aytilmasdan oldin, lekin shom vaqti kirganidan keyin o‘qilsa, bu ham joiz hisoblanadi. Bu masalada ish keng, ya’ni kim qaysi vaqtda o‘qisa ham, bu sunnat amal qilinadi. Ammo niyatda “ikki azon orasida bo‘lishi”ni ko‘zlasa, azon aytilganidan keyin ikki rakat o‘qishi yanada afzalroq bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025