Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Shifokorlikni o‘rganayotgan erkakning ayollarni davolaydigan va musiqa yangraydigan muhitda ishlashi joizmi?

Shifokorlikni o‘rganayotgan erkakning ayollarni davolaydigan va musiqa yangraydigan muhitda ishlashi joizmi?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Ustoz, bir erkak kishi tish shifokori qo‘lida shogird bo‘lib ishlayapti. U yerda erkaklar ayollarni ham davolashadi va musiqa eshitib ishlashadi. U kishining shu muhitda, ishni o‘rganib olguncha ishlashi joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shariatda taqvo asosiy mezondir. Agar bir inson hunar o‘rganish maqsadida muayyan muddat aralash va nomaqbul muhitda ishlayotgan bo‘lsa, lekin u yerdagi gunoh ishlarni ma’qullamasa, ularga qo‘shilmasa va imkon qadar o‘zini saqlasa — bu holatda ishlashi joiz bo‘ladi. Chunki Alloh taolo: “Fattaqullāha mastataʿtum” — “Qo‘lingizdan kelganicha Allohdan qo‘rqinglar”, deb buyurgan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda qo‘ldan kelganicha taqvo qilish kerak. Alloh taolo: “Fattaqullāha mastataʿtum”, ya’ni “Qo‘lingizdan kelganicha Allohdan qo‘rqinglar” — degan.

Boshqalar qilayotgan gunohlar, agar u inson ularni ma’qullamay, ularga qo‘shilmay, taqvo bilan o‘z ishi bilan shug‘ullansa, uni javobgar qilmaydi. Masalan, agar musiqa u tomonidan qo‘yilmayotgan bo‘lsa va u faqat eshitib qolayotgan bo‘lsa (tinglash emas), bu gunoh hisoblanmaydi. Chunki hozir bozorlar, do‘konlar, ko‘cha-ko‘yda musiqa eshitilib turadi — odam xohlamay turib qulog‘iga kiradi. Bu tinglash emas, eshitish bo‘ladi.

Agar bu odam hunar o‘rganish maqsadida vaqtincha shu joyda ishlayotgan bo‘lsa, va iloji boricha o‘zini bu yomonliklardan saqlab, taqvo bilan yursa — unda bu joiz bo‘ladi. Lekin imkoniyat topilsa, yaxshiroq muhitga o‘tish, ayollarni davolash holatlari bo‘lmaydigan joyda ishlash yoki musiqa yo‘q joyni tanlash — albatta, afzaldir.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025