Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Sherikchilikdan chiqmoqchi bo‘lgan do‘stimizga ulushini qanday ajratib beramiz?

Sherikchilikdan chiqmoqchi bo‘lgan do‘stimizga ulushini qanday ajratib beramiz?

Nashr sanasi: August 11, 2025

Savol :

Ustoz, biz to‘rt kishi Rossiyada biznes qilamiz. Shu paytgacha nechta uy va kvartira olgan bo‘lsak, hammasi o‘rtadagi puldan olingan. O‘rtadagi pulda hammaning teng haqqi bor. Bir sherigimiz sherikchilikdan chiqmoqchi. Uni ajratish uchun barcha tovarlar va uylarga baho berib, ulushini hisoblab berishimiz kerak.

Uylarning bahosini hisoblaganda sotib olingan narxini olamizmi yoki hozirgi bozor narxinimi? Masalan, kvartirani 3,5 million rublga olganmiz, hozir bozor narxi 8,5–9 million rubl.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, hozirgi bozor narxida hisoblaysizlar. Agar hozir bozor narxi 9 million rubl bo‘lsa, shu qiymatda hisoblab berasizlar.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, hozirgi bozor narxida hisoblaysizlar. Agar hozir bozor narxi 9 million rubl bo‘lsa, shu qiymatda hisoblab berasizlar. Olingan vaqtdagi narxda emas, chunki u mulk — barcha sheriklarning umumiy mulki, shuning uchun qiymati hozirgi real bozor bahosiga qarab aniqlanadi.

Agar narx tushib ketgan bo‘lsa, masalan 3,5 millionga olingan narsa 1 million bo‘lib qolsa, shunda ham 1 milliondan hisoblanadi. Agar 10 million bo‘lsa, 10 milliondan hisoblanadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Bu zikrni aytsa, farishtalar qancha savob yozishni bilmay qolishi sahihmi?

    November 27, 2025
  • Qonuniy ajrashish taloq o‘rniga o‘tadimi?

    November 27, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025