Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Sherigimga bildirmay o‘rtaga tikilgan puldan olib tursam bo‘ladimi?

Sherigimga bildirmay o‘rtaga tikilgan puldan olib tursam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 31, 2025

Savol :

Biz ikkita sherik o‘rtaga yigirma ming dollardan pul tikkanmiz. Har oy daromaddan besh yuz dollardan olib turishni va ortganini yana o‘rtaga qo‘shib, tijoratni rivojlantirishga kelishib olganmiz. Sherigimning boshqa daromadi ham bor.

Mening daromadim esa faqat shu ishdan. Birovdan ming dollar qarzim bor. Uni to‘lash uchun pul orttira olmayapman. O‘rtada yigirma ming dollardan oshiq pul bor, lekin undan olishga sherigim ruxsat bermaydi. Shu pulni sherigimga aytmasdan o‘rtadan olib tursam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz sherigingiz bilan kelishgan holda tijorat boshlagan bo‘lsangiz, sherikning roziligisiz o‘rtadagi puldan olish haromdir. Chunki bu pulda sherigingizning ham haqi bor. Bildirmay olish — xiyonat va zulmdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Modomiki siz sherigingiz bilan kelishib, o‘rtada tijorat ishini boshlagan bo‘lsangiz, u puldan ruxsatsiz olish mumkin emas.

Ya’ni, bu ishda sherigingizning haqi bor. Bu pul sizning qo‘lingizda turgani bilan, u yolg‘iz sizga tegishli emas. Undan sherigingizning roziligi bo‘lmasdan foydalanish, unga zulm qilish hisoblanadi. Shuning uchun “bildirmay olib turaman” deyishingiz noto‘g‘ri va harom ish bo‘ladi. Bunday qilmaslik kerak.

Boshqa yo‘llardan harakat qilib, o‘sha zarur mablag‘ni topishga urining. Masalan, oylik daromadingizdan tejash, boshqa qo‘shimcha ish qilish  bilan ehtiyojingizni yopishga harakat qiling

Yoki eng to‘g‘ri yo‘l: sherigingizdan ochiqcha ruxsat so‘rang. Ularga holatingizni tushuntiring: “Shu ming dollar kerak, hozircha o‘rtadagi puldan olib tursam, keyinchalik har oy foydamdan bo‘lib to‘lab beraman,” deb ayting. Agar sherigingiz rozilik bersa, unda olish mumkin. Agar ruxsat bermasa, olish harom bo‘ladi.

Lekin bildirmasdan olishingiz umuman mumkin emas, bu xiyonat bo‘ladi va qiyomatda og‘ir javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Bu zikrni aytsa, farishtalar qancha savob yozishni bilmay qolishi sahihmi?

    November 27, 2025
  • Qonuniy ajrashish taloq o‘rniga o‘tadimi?

    November 27, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025