Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Shafoat so‘rash haqida

Shafoat so‘rash haqida

Nashr sanasi: August 30, 2025

Savol :

Ustoz, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan shafoat yoki yomg‘ir so‘rash joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan hech nima so‘ralmaydi. So‘rasangiz, Allohdan so‘raysiz. Buni Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning o‘zlari o‘rgatdilar: “Agar so‘rasang, Allohdan so‘ra; agar madad so‘rasang, Allohdan madad so‘ra.” Ya’ni “Ey Allohim, Rasulullohning shafoatini bizga nasib qilgin. Rasulullohning shafoatidan bahramand bo‘ladigan kishilardan qilgin” — deb.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala rasulillahi va ba’d. Bu narsa joiz emas. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan hech nima so‘ralmaydi. So‘rasangiz, Allohdan so‘raysiz. Buni Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘zlari o‘rgatdilar: “Agar so‘rasang, Allohdan so‘ra; agar madad so‘rasang, Allohdan madad so‘ra.” Shuningdek, har bir namozda: “Ihdinas-sirotol-mustaqim… iyyaka na‘budu va iyyaka nasta‘in” deb duoda aytamiz. Ya’ni: “Faqat Senga ibodat qilamiz, faqat Sendan madad so‘raymiz.”

Endi, agar Rasulullohdan shafoat so‘rash yoki Rasulullohdan madad so‘rash to‘g‘ri bo‘lsa, unda Allohdan so‘rash qayerda qoladi? Rasulullohdan shafoat so‘rash yoki u zotdan madad so‘rash shirk bo‘ladi. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan bevosita hech narsa so‘ralmaydi. U zot ham boshqa insonlardek inson edilar.

Alloh taolo Qur’onda: “Qul innama ana basharun mislukum” — “Ayting (ey Muhammad sallallohu alayhi vasallam): Men ham sizlarga o‘xshagan bir odamdirman” (degan). Rasululloh qizlari Fotimaga: “Ey qizim Fotima, amal qilgin, men seni Alloh oldida hech narsadan behojat qila olmayman” — deb aytganlar. Ya’ni: “Ya Fotima, i‘mali, fa inni la ughni ‘anki minallohi shay’an” — “Ey Fotima, amal qilgin, men senga Alloh oldida foyda bera olmayman.”

Shuningdek, onalari Sofiyaga ham: “Ey amma, amal qiling, men sizga Alloh oldida foyda bera olmayman” — deganlar. Demak, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam faqat yetkazuvchi, risolatni mukammal yetkazgan, ma’sum va muborak kishi, bizning yo‘lboshchimizdir. U zot risolat maqomida o‘z o‘rinlariga egalar. Lekin shu bilan birga Rasululloh insondirlar.

U zot ham boshqa odamlar kabi kasal bo‘ldilar, sehrlandilar, zaharlandilar, urushlarda tishlari sindi, yuzlari qonadi. Odamlarga keladigan musibatlar Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga ham kelgan. Bu esa u zotning ham inson ekanliklarini ko‘rsatadi.

Shuning uchun: “Ey Rasululloh, madad bering”, “Ey Rasululloh, bizga shafoat qiling” deb bevosita Rasulullohdan so‘rab bo‘lmaydi. Allohdan so‘raysiz: “Ey Allohim, Rasulullohning shafoatini bizga nasib qilgin. Rasulullohning shafoatidan bahramand bo‘ladigan kishilardan qilgin” — deb.

Alloh Qur’onda “Qullillahi-sh-shafa’atu jami‘a” — “Shafoatning barchasi Allohning qo‘lidadir” degan. Shafoat ham, izzat ham faqat Allohning qo‘lida. Shuning uchun so‘rasangiz, Allohdan so‘raysiz, madad so‘rasangiz ham, Allohdan madad so‘raysiz.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025
  • Elektron o‘yinlar borasida ikki savol.

    August 30, 2025