Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Safarda namozlar qanday o‘qiladi?

Safarda namozlar qanday o‘qiladi?

Nashr sanasi: August 7, 2025

Savol :

Ustoz, safarda namoz qanday o‘qiladi? Shu haqida to‘liq ma’lumot bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar kishi safar holatida bo‘lsa, to‘rt rakatli farz namozlar ikki rakat qilib qasr bilan o‘qiladi. Bu – sunnat hisoblanadi. Ya’ni, Rasululloh ﷺ safarda namozlarni qisqartirganlar va bu amalda davom etganlar.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar kishi safar holatida bo‘lsa, to‘rt rakatli farz namozlar ikki rakat qilib qasr bilan o‘qiladi. Bu – sunnat hisoblanadi. Ya’ni, Rasululloh ﷺ safarda namozlarni qisqartirganlar va bu amalda davom etganlar. Qasr holatida namozda qisqa suralarni qiroat qilish ham afzal hisoblanadi. Masalan, birinchi rakatda “Vattin” surasi, ikkinchisida “Iza zulzilat” yoki shunga o‘xshash qisqa suralarni o‘qish mumkin. “Baqara” surasining uzun qismidan o‘qish safarda sunnat emas.

Agar o‘qilsa ham bo‘ladi, lekin Rasululloh ﷺ safarda odatda qisqa qilib o‘qiganlar. Shuning uchun sunnatga muvofiq amal qilish afzalroq.

Qasrdan tashqari, namozlarni jamlash masalasi ixtilofli. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, jamlashning ma’nodagisi emas, balki suratidagisiga (ya’ni ko‘rinishdagisiga) ruxsat berilgan. Masalan, peshin namozini ikki rakat qilib o‘qib, u orasida biroz to‘xtab, keyin asr vaqti kirgan bo‘lsa, asrni o‘qish. Bu – zohiriy jamlashga o‘xshaydi, lekin ma’noda jamlash sanalmaydi. Jumhur ulamolar esa yurish holatida jamlab o‘qishni joiz deb bilganlar. Masalan, Rasululloh ﷺ yo‘lda ketar ekanlar, peshin bilan asrni yoki shom bilan xuftonni jamlab o‘qiganlar. Shom namozi qasr qilinmaydi, u doim uch rakat. Xufton esa ikki rakat qilib qasr qilinadi.

Safarda nafl namozlar haqida aytadigan bo‘lsak, Rasululloh ﷺ nafl namozlarni ulov ustida, safar paytida ham o‘qiganlar. Bu nafl namozlar qayerda bo‘lsa ham maqbul hisoblanadi. Ammo sunnat muakkada namozlar, ya’ni ravotib sunnatlar safarda Rasulullohdan sobit bo‘lmagan. Shuning uchun hanafiy mazhabi ulamolari: “ulamalarning ijtihodiga ko‘ra, safarda ham o‘qish mumkin”, deyishgan. Ya’ni o‘qilsa bo‘ladi, o‘qilmasa ham bo‘ladi.

Farz namozlarni qasr qilish esa shariatda sobit. Jamlash esa ixtilofli. Agar yo‘lda ketayotgan bo‘lsangiz, jamlash afzal. Agar bir joyga borib, u yerda yashab turgan bo‘lsangiz, yaqin atrofda masjid bo‘lsa va u yerda namoz o‘qiyotgan bo‘lsangiz, bu holatda jamlamaganingiz yaxshi bo‘ladi.

Misol uchun, Minoda Rasululloh ﷺ Haj paytida turganlarida namozlarni qasr qilib va vaqtida o‘qiganlar. Barcha namozlarni o‘z vaqtida va qasr holatida o‘qiganlar.

Safarda qasr qilishga oid yana ko‘plab masalalar bor. Bu savollar fiqh darslarida to‘liq bayon qilinadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Zinodan homilasi bor ayolga uylansam bo‘ladimi?

    September 2, 2025
  • Hovli merosxo‘rlar orasida qanday taqsimlanadi?

    September 2, 2025
  • “Sigaret cheksam, xotinim taloq” degan kishining savoli.

    September 2, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Er taloq bermasa, ayol nima qilishi kerak?

    August 31, 2025