Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Sadaqa berganidan qalbda qandaydir afsuslanish yuz bersa sadaqa xabata bo‘ladimi?

Sadaqa berganidan qalbda qandaydir afsuslanish yuz bersa sadaqa xabata bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 11, 2025

Savol :

Birovga sadaqa yoki hadya qilgach, qalbda qandaydir afsuslanish yuz bersa va darrov buning uchun Allohdan istig‘for so‘ralsa, qilingan sadaqa xabata bo‘lmaydimi?
Menda ba’zan shunaqa holatlar bo‘lib turadi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d. Inson qalbidan o‘tgan narsalar uchun javobgar emas. Bu narsa hadislarda kelgan. Ya’ni, Alloh taolo bu ummatni qalbidan o‘tgan, lekin amalda qilinmagan ishlardan kechdi, degan. Siz Alloh yo‘lida biror narsani berib yubordingiz. Keyin ichingizdan afsus kechdi, lekin amalda nafsingizga g‘olib bo‘ldingiz — demak, bu iymonning belgisi. Bu holat hadisda “sorihul iymon”, ya’ni sof iymon deyilgan. Endi afsusni qanday ketkazish mumkin? Uning davosi — oxiratga bo‘lgan iymonni mustahkamlashdir. Siz bergan narsa oxirat hisobingizga o‘tdi, deb ishonishingiz kerak. Ya’ni, sadaqa qilingan narsa — aslida sizniki, oxiratga o‘tadi. Dunyo uchun qolgan narsalar esa bir kun kelib yo‘q bo‘ladi. Shu tushunchaga ega bo‘lsak, qalbda afsuslanish paydo bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

Bismillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Inson qalbidan o‘tgan narsalar uchun javobgar emas. Bu narsa hadislarda kelgan. Ya’ni, Alloh taolo bu ummatni qalbidan o‘tgan, lekin amalda qilinmagan ishlardan kechdi, degan. Inson ba’zi holatlarda ma’lum narsalarni yoqtirmaydi.

Masalan, jihod haqida Alloh taolo Qur’onda shunday degan:
“Kutiba ‘alaykumul qitalu va huwa kurhul lakum”, ya’ni sizlarga jihod farz qilindi, holbuki sizlar uni yoqtirmaysizlar. Axir, kim jihodni yaxshi ko‘radi, desangiz, bu — odamning nafsiga yoqmaydigan ish. Axir u yerda xotiningiz beva qoladi, bolalaringiz yetim qoladi, jarohatlanib kelishingiz mumkin, qo‘lingizdan, oyog‘ingizdan yoki ko‘zingizdan ajralishingiz mumkin. Hatto umuman qaytib kelmay qolish ehtimoli ham bor. Endi o‘ylang, bunday holatlarni kim istaydi?

Tinchgina bola-chaqasi bilan yashab yurishni hamma xohlaydi. Lekin Alloh aytyapti:
“Asa an takrahu shay’an wa huwa khayrun lakum, wa ‘asa an tuhibbu shay’an wa huwa sharrun lakum, vallahu ya’lamu wa antum la ta’lamun.”
Ya’ni, sizlar bir narsani yomon ko‘rishingiz mumkin, holbuki u sizlar uchun yaxshidir; yoki bir narsani yaxshi ko‘rishingiz mumkin, aslida u sizlar uchun yomon bo‘lishi mumkin. Alloh biladi, sizlar esa bilmassizlar.

Bu yerda “kurhul lakum” — sizlar uchun yomon ko‘ringan narsa deyilayotgani — shuni anglatadiki, inson ba’zan bir amalni yoqtirmasa ham, uni bajarishda ulkan ajr bor.

Masalan, Rasululloh (sallallohu ‘alayhi vasallam) aytadilar:
“Isbag‘ul wudu’ ‘inda-l makarih”, ya’ni yoqtirmasangiz ham, to‘liq tahorat qilish. Ayniqsa, bomdod paytida, sovuq havoda uydan chiqib tahorat qilib, masjidga borish — bu ishlarda katta ajr bor. Atrofdagilar uxlab yotgan paytda siz bu amallarni bajaryapsiz. Bu — nafsga og‘ir bo‘lsa ham, savobi ulkan bo‘lgan amal.

Shuning uchun, inson bir amalni nafsda yoqtirmasa-da, uni Alloh rizosi uchun qilsa, bu katta ajrga sabab bo‘ladi. Sadaqa ham xuddi shunday. Siz Alloh yo‘lida biror narsani berib yubordingiz. Keyin ichingizdan afsus kechdi, lekin amalda nafsingizga g‘olib bo‘ldingiz — demak, bu iymonning belgisi. Bu holat hadisda “sorihul iymon”, ya’ni sof iymon deyilgan.

Odam bolasi molga bog‘lanadi. Ichidan afsus kechadi, lekin bu hissiyotga yengilmay, Alloh uchun bergan bo‘lsa, bu — ichki iymoniy kurashdir. Bu juda ham oliy holat.

Endi afsusni qanday ketkazish mumkin? Uning davosi — oxiratga bo‘lgan iymonni mustahkamlashdir. Siz bergan narsa oxirat hisobingizga o‘tdi, deb ishonishingiz kerak. Rasululloh (sallallohu ‘alayhi vasallam) bir kuni bir qo‘y so‘yilganda ayollaridan so‘radilar:
— Qancha qoldi bizga?
Ayollari dedilar:
— Faqat bitta qo‘lini o‘zimizga olib qoldik, qolganini sadaqa qildik.
Shunda Rasululloh dedilar:
— Yo‘q, bunday demanglar. Aksincha, bitta qo‘lini berib yubordik, qolganini o‘zimizga olib qoldik, deb aytinglar.

Ya’ni, sadaqa qilingan narsa — aslida sizniki, oxiratga o‘tadi. Dunyo uchun qolgan narsalar esa bir kun kelib yo‘q bo‘ladi. Shu tushunchaga ega bo‘lsak, qalbda afsuslanish paydo bo‘lmaydi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025