Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Rossiyadan pul o‘tkazishga oid savol.

Rossiyadan pul o‘tkazishga oid savol.

Nashr sanasi: October 4, 2025

Savol :

Men Rossiyada ishlayman. O‘zbekistonga pul yuborish uchun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida biznes qiladigan shaxslar orqali pul jo‘natamiz. Kurs miqdorini oldindan kelishamiz. Biznesmenning kartasiga kelishilgan miqdordagi rublni o‘tkazamiz, O‘zbekistonda esa aytilgan miqdorda dollar olamiz.

Vakilimiz O‘zbekistonda bir necha kundan keyin pulni qabul qilib oladi. Shu amaliyotimiz shariatga muvofiqmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bu ish vakillik asosida xizmat ko‘rsatish bo‘lsa — joiz. Agar pulni pulga almashtirish (sarf) bo‘lsa va qo‘lma-qo‘l bo‘lmayotgan bo‘lsa — joiz emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar bu ish pulni pulga bevosita almashish (ya’ni sarf muomalasi) ma’nosida bo‘lsa — joiz emas. Chunki sarfda ikki tomonning pullari qo‘lma-qo‘l (ya’ni, bir majlisda, kechiktirmay) bo‘lishi shart. Agar bu shart buzilsa, muomala harom bo‘ladi.

Ammo agar bu ish “vakillik asosida xizmat ko‘rsatish” tarzida bajarilayotgan bo‘lsa — joiz bo‘ladi. Ya’ni, siz rubllarni ushbu shaxsga topshirib, unga:

“Mening nomimdan O‘zbekistondagi odamimga falon miqdordagi dollarni yetkaz,”
— deb topshiriq (vakolat) bergan bo‘lsangiz, bu odam sizning vakilingiz hisoblanadi va qilayotgan ishi yetkazib berish xizmati bo‘ladi. Bu holda, ular xizmat haqi olishlari mumkin, bu joiz.

Ammo bu muomalada ikki tomonning niyati juda muhim:

  • Agar siz “men rubldagi pulni berdim, o‘zimga aytilgan kursda dollar olishim kerak” deb turib olsangiz — bu pulni pulga almashtirish (sarf) bo‘ladi va joiz emas, chunki bu yerda kechikish bor.

  • Agar siz:

“Men rubl berdim, siz mening nomimdan dollar qilib, aytilgan joyga yetkazib bering,”
desangiz — bu vakillik va xizmat bo‘ladi, va bu joiz.

Biroq, vakil bo‘lgan odam yo‘lda pul yo‘qolsa, siz zararni o‘zingiz ko‘tarasiz. Chunki siz uni vakil qilgansiz, u faqat vositachi.

Aksincha, agar siz u bilan pulni sotib olish (sarf) muomalasiga kirgan bo‘lsangiz, u yo‘lda pul yo‘qotsa ham javobgar bo‘ladi, chunki u sizdan pulni sotib olgan bo‘ladi.

Shuning uchun muhim jihatlar:

  • Niyat va kelishuv qanday bo‘lgani;

  • Ushbu odam sizning vakilingizmi, yoki pul almashtiruvchimi;

  • O‘rtadagi muomala aniq bayon qilinganmi.

Aks holda, bu ishni yopiqlikda qilish, firibgarlik va noaniqlikka olib kelishi mumkin. Ayniqsa, katta miqdordagi mablag‘lar bo‘lsa, oldindan shartlarni yozma ravishda kelishish, kim nimaga javobgar ekanini aniqlashtirish zarur.

Xulosa: Agar bu ish vakillik asosida xizmat ko‘rsatish bo‘lsa — joiz. Agar pulni pulga almashtirish (sarf) bo‘lsa va qo‘lma-qo‘l bo‘lmayotgan bo‘lsa — joiz emas.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025