Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Rossiyadan pul o‘tkazish xizmatiga oid savol.

Rossiyadan pul o‘tkazish xizmatiga oid savol.

Nashr sanasi: August 14, 2025

Savol :

Ustoz, men Rossiyada ishlayman va pul o‘tkazish xizmatidan foydalanaman.

Masalan, bozor kursi bo‘yicha ming rubl — 100 dollar bo‘lsa, pul o‘tkazuvchilar oyiga 399 rubl xizmat haqi evaziga menga 9 950 rubl qilib berishadi. Ya’ni har 100 dollarda 50 rubl tejab qolaman. Shu joizmi?


Ba’zilar “Hamma pulimni o‘tkazib bering” deyishadi. Men bu holatni bilaman va ularga 100 dollarga bozor kursida (masalan, ming rubl) beraman, lekin qolgan tejab qolgan pulni o‘zimga olib qolaman. Shu joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar gap pul o‘tkazish xizmatida bo‘lsa — ya’ni siz pul o‘tkazib berayotgan va buning evaziga xizmat haqi olayotgan bo‘lsangiz — bu joiz. Chunki bu — xizmat ko‘rsatish haqi hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Men bu savolni to‘liq tushunmadim, lekin agar gap pul o‘tkazish xizmatida bo‘lsa — ya’ni siz pul o‘tkazib berayotgan va buning evaziga xizmat haqi olayotgan bo‘lsangiz — bu joiz. Chunki bu — xizmat ko‘rsatish haqi hisoblanadi.

Pul o‘tkazib berish evaziga oldindan belgilangan xizmat haqi olish urf bo‘yicha halol bo‘ladi. Agar siz o‘zingizning mablag‘ingizdan avval berib, keyin mijozdan qarzni qaytarib olsangiz va ustiga kelishilgan xizmat haqini qo‘shsangiz — bu ham joiz. Chunki bu ribo emas, balki xizmat haqi.

  Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Bu zikrni aytsa, farishtalar qancha savob yozishni bilmay qolishi sahihmi?

    November 27, 2025
  • Qonuniy ajrashish taloq o‘rniga o‘tadimi?

    November 27, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025