Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Rizqning belgilab qo‘yilgani haqida savol.

Rizqning belgilab qo‘yilgani haqida savol.

Nashr sanasi: January 3, 2025

Savol :

Ustoz, insonning rizqi yozilgan deyiladi. Shunday bo‘lsa, kim bilan nikohlanishimiz ham yozib qo‘yilganmi? Biz har qancha harakat qilsak ham, izlasak ham o‘sha yozilganidan ortig‘iga erisha olamizmi? Yoki sabablarni qilib, ko‘nglimizdagini topishga harakat qilishga buyurilganmizmi? Biror narsa nasib qilmay o‘tib ketsa, “yaxshiroq harakat qilmadim, yaxshiroq urinib, o‘sha narsaga erishishim mumkin edi”, deb o‘zimni ko‘p malomatlayman. Harakatim yaxshiroq bo‘lsa, ko‘proq narsaga erishaman deb o‘ylayman. Bu qanchalik to‘g‘ri?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Biz banda sifatida sinov uchun yaratilganmiz, harakat qilishga majburmiz.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga

Juda muhim savol bu. Alloh Subhanahu va Ta’ala hamma narsani sabablarga bog‘lagan, dunyoda ham, oxiratda ham. Hatto mo‘jizalarni ham sababli qilib qo‘ygan. Masalan, Muso (alayhissalom)ga dengizni yorishda hassasi bilan urishni buyurgan. Maryam onamizga hurmo daraxtini silkitishni, natijada hurmo tushishini aytgan. Alloh Taolo bir sababni yaratib qo‘ygan, natija esa sababdan keyin keladi. Allohning qonuni shundayki, hamma narsani sabablarga bog‘lagan. “Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi” degan gap bizda bor.

Sababni yuz foiz ushlashga buyurilganmiz. Agar sababni to‘liq ushlamasak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) rizq borasida ham sabablarni ushlaganlar: urushlarda, janglarda sabablarni ushlaganlar, sovut kiyganlar, tadbirlarni qilganlar. Hijrat paytlarida sabablarni qilib, hijratni amalga oshirganlar. Hech qachon o‘zlarini dushmanga tutib bermaganlar.

“Olma pish, og‘zimga tush” deb yotish bizning shariatimizda yo‘q. Allohning vakilligi (tavakkul) degani, Allohning taqdiri bo‘ladi. Allohning xohlagani yuz beradi. Biz sabablarni ushlaymiz, Alloh taolo taqdir qilgani amalga oshadi.

Harakat nima uchun kerak?

Chunki biz banda sifatida sinov uchun yaratilganmiz, harakat qilishga majburmiz. Rizq topish uchun ham harakat qilamiz. “Rizqim o‘zi keladi”, deb yotib olish noto‘g‘ri. Sovuq tushsa, issiq kiyinish ham sababni ushlashga kiradi. Issiqdan soyaga o‘tish ham sababni ushlashdir.

Farzand ko‘rish uchun uylanish kerak. Allohdan ko‘p farzandlar so‘rab, uylanmay yotaversa, farzand osmondan yog‘ilmaydi. Sababni ushlasak, Alloh Taolo xohlasa, natijani beradi. Natijani berish Allohning ishi, sababni qilish esa bizning ishimiz.

Huddi shu kabi nikohlanadigan ayol ham rizqdir. Yeyayotgan ovqatimiz, ichayotgan suvimiz, oladigan havoyimiz qanday rizq bo‘lsa, nikohlanadigan ayol ham rizqdir. Alloh taqdir qilgani amalga oshadi, lekin bunga harakat qilishimiz kerak. Agar harakat qilgan bo‘lsangiz ham, bu ish bo‘lmagan bo‘lsa, demak Alloh taqdir qilmagan ekan, deb o‘ylash kerak.

Bu mavzuda yana ko‘p gaplashish mumkin. Sizga “Ilohiy Sunnatlar” darsining 1 va 2-qismini eshitishni tavsiya qilaman. Shunda bu haqda to‘liq tushunchaga ega bo‘lasiz.

Allohu A’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qur’on tilovatidan keyin uning savobini boshqalarga bag‘ishlash joizmi?

    January 7, 2025
  • Jannatdagi hurlar kimga beriladi.

    January 7, 2025
  • Insonni protezlari bilan dafn qilish hukmi.

    January 7, 2025
  • Akaning o‘gay o‘g‘li mahram hisoblanadimi?

    January 6, 2025
  • Islomiy ismni boshqa bir islomiy ismga o‘zgartirish hukmi.

    January 6, 2025
  • Qorin bilan uxlash (qorinda yotib uxlash) mumkinmi?

    January 6, 2025