Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ramazonda ilm va Qur’on

Ramazonda ilm va Qur’on

Nashr sanasi: April 25, 2025

Savol :

Ramazonda ilm olish yaxshimi yoki Qur’on o‘qishmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ramazon oyida Qur’on nozil bo‘lgan. Shu sababli bu oyda Qur’onni o‘qish, uni tadabbur qilish, ma’nolarini o‘rganish, Qur’on bilan yashash — eng foydali amallardan bo‘ladi. Qur’on o‘qish ham katta ilm hisoblanadi. Shuning uchun, vallohu a’lam, Ramazon oyini Qur’on o‘qishga ajratish eng afzal va eng samarali yo‘ldir.

Bu savolga aniq javobni faqat Alloh biladi. Qaysi biri yaxshiroq yoki yomonroq deb aytish qiyin. Biroq tajribaga qaraganda, Ramazon oyida Qur’on o‘qish juda unumli bo‘ladi. Rivoyatlarga ko‘ra, fuqaholar fiqh darslarini, muhaddislar hadis darslarini to‘xtatib, Ramazon oyida faqat Qur’on bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Ulamolarning siyratlariga qarasak ham, bu holat ko‘rinadi — Ramazonda fiqh va hadis darslarini to‘xtatib, Qur’on o‘qishga e’tibor berishgan.

Ramazon — Qur’on oyi. Chunki “Shahru Ramazān allażī unzila fīhil-Qur’ān” — ya’ni Ramazon oyida Qur’on nozil bo‘lgan. Shu sababli bu oyda Qur’onni o‘qish, uni tadabbur qilish, ma’nolarini o‘rganish, Qur’on bilan yashash — eng foydali amallardan bo‘ladi. Taroveh namozlarida o‘qiladigan oyatlarning tarjima va ma’nolarini tushunib borish ham shu jumladan.

Har amal o‘z vaqtida go‘zal. Ilmni boshqa vaqtga qoldiring. Lekin Qur’on o‘rganish ham ilm-ku. Agar “Qur’on o‘qishmi yoki ilm o‘rganishmi?” deb so‘ralsa, Qur’on o‘qish ham katta ilm hisoblanadi. Masalan, ilgari yodlagan oyatlaringizni murojaah qilish, esdan chiqqanlarini qayta tiklash — bu ham ilm emasmi?

Yoki Qur’onni to‘liq yod bilsangiz ham, uni doimiy ravishda takrorlab, ma’nolarini chuqur o‘rganib borish — bu ham eng yuksak ilm. Shuning uchun Ramazonni Qur’on bilan o‘tkazish juda samarali. Ko‘p ustozlarimizdan eshitganman: “Ramazonda Qur’on bilan mashg‘ul bo‘lmasdan o‘tkazgan kunlarimizga afsus qilganmiz”, deyishadi.

Demak, Ramazon Qur’on oyi bo‘lganidan keyin, bu oyda Qur’on bilan band bo‘lish kerak. Vaqtingiz bo‘lsa, albatta Qur’on o‘qing. Uni kunlik vazifa sifatida belgilang. Ma’nosini o‘rganishga harakat qiling. Masalan, tarovehda o‘qiladigan porani oldindan tarjimasini o‘qib chiqing.

Bitta porani tarjimasini o‘qish ko‘p vaqt olmaydi. O‘qib, tushunishga harakat qilsangiz, namozda tadabbur paydo bo‘ladi, qalbingiz yumshaydi. Qur’onni tinglab, tushunib yig‘lash — bu ilm emasmi? Bu eng katta ilm!

Shuning uchun, vallohu a’lam, Ramazon oyini Qur’on o‘qishga ajratish eng afzal va eng samarali yo‘ldir.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Bu zikrni aytsa, farishtalar qancha savob yozishni bilmay qolishi sahihmi?

    November 27, 2025
  • Qonuniy ajrashish taloq o‘rniga o‘tadimi?

    November 27, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025