Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qurbon hayitidan oldin 10 kun ro‘za tutish to’g’risida

Qurbon hayitidan oldin 10 kun ro‘za tutish to’g’risida

Nashr sanasi: August 14, 2025

Savol :

Ustoz, Qurbon hayitidan oldin 10 kun ro‘za tutish kerak deb eshitdim. Shu ro‘za haqida tushuncha bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu borada umumiy bir hadis kelgan: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlarki, Zulhijjaning o‘n kunidan ko‘ra unda solih amal qilish Alloh taologa yaxshiroq va sevimliroq bo‘lgan boshqa kun yo‘q. Ya’ni bu kunlarda qilingan solih amallar Alloh taologa eng sevimli bo‘ladi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala rasulillahi va ba’d. Ro‘za tutish shart degan joyi yo‘q. Bu borada umumiy bir hadis kelgan: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlarki, Zulhijjaning o‘n kunidan ko‘ra unda solih amal qilish Alloh taologa yaxshiroq va sevimliroq bo‘lgan boshqa kun yo‘q.

Ya’ni bu kunlarda qilingan solih amallar Alloh taologa eng sevimli bo‘ladi. Shuning uchun bu 10 kunda qilinadigan barcha yaxshi amallar — ro‘za tutish, zakot berish, miskinlarga yordam berish, nafaqa berish, ota-onaga yaxshilik qilish, odamlarga foydali bo‘lish, ahli oilasiga g‘amxo‘rlik qilish va boshqalar — barchasi bu fazilatli amallarga kiradi.

Demak, bu hadis faqat ro‘za tutishni nazarda tutmaydi. “Shu kunlari ro‘za tutish shart” deb tushunib qolmaslik kerak. Tutmasa ham bo‘ladi, lekin tutsa — bu solih amallardan biri bo‘ladi.

Zulhijjaning 10 kuni oldimizda kelyapti. Juda yaxshi savol bo‘ldi, Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Insha Alloh, Zulhijjaning 10 kuni kirishi bilan solih amallarga ko‘proq intilishimiz kerak. Bu faqat ro‘za emas, barcha yaxshi amallarni o‘z ichiga oladi: kechasi namoz o‘qish, kunduzi ro‘za tutish, miskinlarga nafaqa berish, qo‘ldan kelgan har qanday yaxshilikni qilish, haj va umraga borish, Qur’on o‘qish va boshqa barcha solih amallar.

Shu ma’noda tushunishimiz kerak. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025