Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qunduz yog‘ini ichish joizmi?

Qunduz yog‘ini ichish joizmi?

Nashr sanasi: June 26, 2025

Savol :

Qunduz yog‘ini ichish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu narsa o‘sha qunduz hayvonining o‘zi halolmi yoki harommi – shunga bog‘liq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: “Rasululloh ﷺ yirtqich tishli hayvonlarning barchasini (go‘shtini) yeyishni man qildilar.”

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu narsa o‘sha qunduz hayvonining o‘zi halolmi yoki harommi – shunga bog‘liq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki:

“Rasululloh ﷺ yirtqich tishli hayvonlarning barchasini (go‘shtini) yeyishni man qildilar.”

Endi hozir shu qunduz ham haromlikka kiradimi yo‘qmi – ana shuni ko‘ramiz. Ba’zi fuqaholar aytadiki: “Yo‘q, bu yirtqich hayvon emas”. Chunki harom bo‘lishi uchun faqat tishi emas, balki yirtqichlik sifati ham bo‘lishi kerak, deyishadi.

Lekin ba’zi fuqaholar, xususan, Imom Abu Hanifa rohimahulloh bu hayvonni yirtqich deb hisoblab, harom deganlar. Demak, ehtiyot tarafidan, qunduz, endatra, norika kabi hayvonlarning go‘shti va yog‘ini ishlatmaslik kerak deb hisoblaymiz. Chunki bular sichqon yoki yumronqoziqqa o‘xshagan, tishli yovvoyi hayvonlardir.

Endi masala: agar bu hayvon haqiqatan haromga kiradigan bo‘lsa va shunga qaramay, uning yog‘ini ichish haqida so‘z ketayotgan bo‘lsa – bu davolanish uchun haromdan foydalanish masalasiga kiradi.

Fuqaholarning bu haqda tafsilotli bayonlari bor. Ular aytishgan:

  1. Harom dori vositasi ishlatilishi uchun undan boshqa halol biror iloj bo‘lmasligi kerak.

  2. Shifobaxshligi aniq bo‘lishi, ya’ni tajribada isbot bo‘lishi kerak.

Masalan, narkoz berib operatsiya qilishni olaylik. Narkoz – aqlni yo‘qotadi, bu harom. Lekin boshqa yo‘l yo‘q bo‘lsa, inson chiday olmasa, o‘lishi mumkin bo‘lsa – shunda ruxsat bo‘ladi.

Bu birinchidan.

Ikkinchidan, o‘sha narsa shifo ekani aniq bo‘lishi kerak. Ya’ni shifokorlar tajribada ko‘rib, aniqlab, “shu dori foyda beradi, boshqa yo‘li yo‘q” desa bo‘ladi. Agar boshqa yo‘llari bo‘lib turib, odam baribir harom vositani ishlatsa – bu joiz bo‘lmaydi.

Masalan, qunduz yog‘ini olib, “yutalga davo” deb ichadigan odam bo‘lsa, holbuki yutalga boshqa qancha halol davo usullari bor – u holda harom bilan davolanish joiz bo‘lmaydi.

Xullas, hozirgi kunda qunduz yog‘ini ichayotgan odamlar: “Qandaydir foydasi bor”, “yutalga davo” deyishadi. Boshqa halol vositalar bor holatda esa bu yog‘dan foydalanish zaruratga kirmaydi.

Shuning uchun, agar bu yog‘dan davolanish shartlariga to‘g‘ri kelmasa, uni ichish joiz bo‘lmaydi deb hisoblaymiz.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026