Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qayta homiladorlik sog‘liqqa xavf tug‘dirsa, doimiy tug‘ish yo‘lini to‘sish shariatda joizmi?

Qayta homiladorlik sog‘liqqa xavf tug‘dirsa, doimiy tug‘ish yo‘lini to‘sish shariatda joizmi?

Nashr sanasi: July 12, 2025

Savol :

Men uch marta operatsiya orqali farzand ko‘rganman. Hozir to‘rtinchi homiladorligim va bu safar ham operatsiya bo‘lishim kerak. Shu operatsiyada qayta farzand ko‘rmaslik uchun yo‘llarimni bog‘latib qo‘ysam bo‘ladimi? Bu shariatda joizmi? Chunki qayta-qayta operatsiya bo‘lib juda qiynalayapman. Erim esa bunga rozi emas. Iltimos, bizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar shifokorlar keyingi homiladorlikni sog‘liqqa xavfli desa — yo‘lni to‘sish joiz. Agar shifokorlar hech qanday xavf yo‘q, hali imkon bor desa — unda sabrlik bilan davom ettirish afzal.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala har bir ayolning sog‘lig‘i va holatiga qarab farq qiladi. Ba’zilar uchun uch marta operatsiya og‘ir bo‘lsa, boshqalar yetti martagacha ham sog‘-salomat bo‘lib o‘tgan hollar bo‘lgan. Demak, bu holat har bir insonning jismoniy holatiga, toqati va salomatligiga bog‘liq.

Shuning uchun bu kabi masalalarda mutaxassis (shifokor) fikri asos bo‘lishi kerak. Agar shifokorlar sizning salomatligingizni hisobga olib:

“Keyingi homiladorlik jiddiy xavf tug‘diradi”,
desalar, unda bu holat zarurat bo‘ladi va shariat bunday zaruratda haraj (qiyinchilik)ni ko‘tarishni talab qilmaydi.

Alloh taolo Qur’onda shunday deydi:
“O‘zlaringizni halokatga tashlamang.”
(Baqara, 195)

Ya’ni, sog‘lig‘ingiz, hayotingiz jiddiy xavf ostida bo‘lsa, bu holatda oldini olish uchun tibbiy choralar ko‘rilishi joiz bo‘ladi.

Agar ayol to‘rtinchi yoki beshinchi farzanddan keyin jiddiy sog‘liq muammosi bo‘lishi mumkin bo‘lsa — bu holatda farzand yo‘lini to‘sish vaqtinchalik yoki doimiy tarzda shariatga zid emas, lekin shifokor tavsiyasi va holatga qarab bo‘lishi kerak.

Erlar bu masalada hushyor bo‘lishlari, ayolining sog‘lig‘ini qadrlashlari lozim. “Balki yana tug‘” deyish bilan ish bitmaydi. Bu borada mas’uliyat, rahm-shafqat va aql bilan ish ko‘rish kerak.

Xulosa:

  • Agar shifokorlar keyingi homiladorlikni sog‘liqqa xavfli desa — yo‘lni to‘sish joiz.

  • Agar shifokorlar hech qanday xavf yo‘q, hali imkon bor desa — unda sabrlik bilan davom ettirish afzal.

  • Har holda, bu masala ijtihodiy bo‘lib, shaxsiy holatga qarab hukm chiqariladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025