Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Aholi ortasida otkaziladigan so’rovnomada odamlarning ovozini sotib olish joizmi?

Aholi ortasida otkaziladigan so’rovnomada odamlarning ovozini sotib olish joizmi?

Nashr sanasi: May 25, 2025

Savol :

Bizning viloyatlarda davlat tomonidan ma’lum mablag’ ajratilib, aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkaziladi. Bu so‘rovnomada maktablarni ta’mirlash, mahalla yo‘llarini ta’mirlash, shifoxonalarga ba’zi jihozlar sotib olish va shunga o‘xshash obyektlarni ta’mirlash uchun ovoz to‘planadi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan obyektga mablag‘ ajratiladi.

Savolim shundan iboratki: ana shu korxona yoki obyektlarning xodimlari ba’zida pul, yog‘ yoki kola evaziga aholidan ovoz sotib oladilar. Shunday tarzda ovoz yig‘ish joizmi? Ularga ovoz bergani uchun beriladigan narsalarni olish joizmi? Pul yoki boshqa narsami? Masalan, odamlar orasida kola yoki yog‘ tarqatib, evaziga ovoz yig‘ish holatlari kuzatilmoqda.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Mening tushunishimcha, agar ovoz yig‘ish orqali yutish bo‘layotgan bo‘lsa, siz esa chin dildan “men bu ishni halol va sifatli qilib bera olaman, xalq uchun foydali bo‘ladi” deb ishonib kurashayotgan bo‘lsangiz — bu joiz. Qaysi loyiha yutsa ham, o‘sha amalga oshirilsa, zararli emas. Ovoz yig‘ish uchun ehson tarqatish masalasi esa — Allohu a’lam — bu unchalik zararli emas. Ya’ni muboh ishlardan deb hisoblanadi.

Bismilloh, alhamdulillah, va salotu was-salamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Bu holat menga ancha qorong‘i, lekin ayrim masalalar bor – masalan, tenderda yutib chiqish. Agar “bu ishni kim bajarsin?” degan savol qo‘yilib, odamlar ovoz bersa, siz esa ko‘proq ovoz olish uchun odamlarga ehson tarzida yog‘ yoki kola berib, ularning ovozini olib, keyin ta’mirlash ishini bajarsangiz — va bu ishda haqiqatdan haqli bo‘lsangiz — bu mumkin.

Agar haqsiz bo‘lsangiz, bu xuddi pora berishdek bo‘ladi. Masalan, mendan yaxshiroq shifokor bor, lekin men pora berib turib, u o‘rniga ishga kirsam va keyinchalik odamlarning sog‘lig‘iga zarar keltirsam, bu ishim uchun javob berishim kerak bo‘ladi. Bu holatda men nohaq tarzda ishni egallagan bo‘laman.

Xuddi shunday, imomlik minbariga chiqishda sizdan ko‘ra loyiqroq odam bo‘lsa, lekin siz chiqib olsangiz, bu ham xiyonat hisoblanadi. Bu – musulmonlarning omonatiga xiyonatdir. O‘zidan ko‘ra loyiqroq odamni ko‘rsa, inson albatta o‘sha kishiga yo‘l berishi kerak.

Mening tushunishimcha, agar ovoz yig‘ish orqali yutish bo‘layotgan bo‘lsa, siz esa chin dildan “men bu ishni halol va sifatli qilib bera olaman, xalq uchun foydali bo‘ladi” deb ishonib kurashayotgan bo‘lsangiz — bu joiz. Masalan, tovar sotishda reklama uchun xarajat qilinadi, odamlar o‘z mahsulotini targ‘ib qiladi — bu ham shunga o‘xshash holatdir.

Agar sizning ishingiz aslida foydali bo‘lmasa, sifatdan yiroq bo‘lsa, sizdan ko‘ra yaxshiroq nomzodlar bo‘lsa, lekin siz ehson yoki sovg‘a bilan ovoz yig‘ib ishni olsangiz — bu holatda xalqning omonatini joyiga qo‘ymagan bo‘lasiz.

Allohu a’lam.

Savol bir oz murakkabroq ekan. Chunki hozir uchinchi bir quruvchi tashkilot yo‘q. Davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ yoki maktab, yoki yo‘l, yoki kasalxonaga beriladi. Kasalxona misol uchun mablag‘ ajratilishini istab, xalqdan ovoz yig‘moqda. Qurib beruvchi tashkilot hozircha yo‘q — faqat mablag‘ ajratiladi. Klientlar, ya’ni loyihaga muhtojlar o‘zaro raqobat qilmoqda: doktorlarmi, maktabmi, kasalxonami – ulardan qaysi biri mablag‘ oladi, degan masala.

Bu holatda ham yuqorida aytilgan hukm o‘rinlidir. Qaysi loyiha haqiqatda foydaliroq bo‘lsa, o‘sha loyiha mablag‘ olishga loyiqdir. Inson esa foyda keltiradi deb o‘ylagan loyihani qo‘llab-quvvatlaydi. Doimiy foydalaniladigan, sarf-xarajati katta, zarur obyektlar – masalan, kasalxona, maktab, yo‘l – barchasi birday ehtiyojga ega.

Shu sababli bu holatda qat’iy hukm aytish qiyin. Qaysi loyiha yutsa ham, o‘sha amalga oshirilsa, zararli emas. Ovoz yig‘ish uchun ehson tarqatish masalasi esa — Allohu a’lam — bu unchalik zararli emas. Ya’ni muboh ishlardan deb hisoblanadi.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025