Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qaynotamni Alloh uchun yomon ko‘rishga haqqim bormi?

Qaynotamni Alloh uchun yomon ko‘rishga haqqim bormi?

Nashr sanasi: December 24, 2025

Savol :

Ustoz, bir insonni Alloh uchun yomon ko‘raman. U eng yaqin insonlariga tili va qo‘li bilan juda ko‘p ozor bergan. Davlat va odamlar mulkidan ko‘p o‘g‘irlik qilgan, odamlarning ekinlarini kechalari o‘g‘irlab yegan, sudxo‘rlik qilgan, tap tortmasdan shariatga zid bo‘lgan ko‘p ishlarni qilgan.

Shunga qaramay, hech narsa bo‘lmagandek yuradi. Men shu xonadonga kelin bo‘lib tushganman. U mening qaynotam. Birinchi ayoli — qaynonamni ko‘p kaltaklagan ekan. Qaynonam shuning ortidan vafot etib ketgan. Undan ikki nafar farzand qolgan. U farzandlariga ham yaxshi qaramagan.

Unga nisbatan nafratim kuchli. Uni Alloh uchun yomon ko‘raman. Shu sababli gunohkor bo‘lamanmi? Ba’zan bu holatim ichqoralik emasmi, deb o‘ylab qolaman.


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday holatda inson yomon ko‘rgani uchun javobgar bo‘lmaydi. Chunki kimnidir qilgan qilmishlari sabab yomon ko‘rish — bu qalbda paydo bo‘ladigan holat, uni Alloh taolo yaratadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatda inson yomon ko‘rgani uchun javobgar bo‘lmaydi. Chunki kimnidir qilgan qilmishlari sabab yomon ko‘rish — bu qalbda paydo bo‘ladigan holat, uni Alloh taolo yaratadi.

Insonning birovni yaxshi ko‘rishi yoki yomon ko‘rishi uning ixtiyorida bo‘lmagan qalbiy holatdir. Shuning uchun qalbdagi nafratning o‘zi gunoh hisoblanmaydi.

Ammo masala shundaki, agar:

  • shu yomon ko‘rish sababli unga zulm qilinsa,

  • haq-huquqi poymol qilinsa,

  • g‘iybat qilinsa yoki

  • adolatdan chiqilsa,

mana shunda inson gunohkor bo‘lishi mumkin.

Lekin siz aytayotgan holatda — agar bir odam:

  • xotinini kaltaklab, hatto o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lsa,

  • odamlarning molini o‘g‘irlagan bo‘lsa,

  • sudxo‘rlik qilgan bo‘lsa,

  • shariatga zid ishlarni ochiq-oydin qilgan bo‘lsa,

bunday odamning qilmishlariga nisbatan qalbda nafrat paydo bo‘lishi tabiiy hol. Bu Alloh uchun yomon ko‘rish bo‘lib, joizdir va ichqoralik hisoblanmaydi.

Lekin bu nafrat:

  • adolatsizlikka,

  • qo‘pollikka,

  • zulmga olib bormasligi kerak.

Bu holatda muammo shundaki, u sizga begona emas, balki qaynota. Shu sababli bu juda nozik va hassos masala. Sizdan talab qilinadigan narsa — hikmat bilan muomala qilish.

Qo‘lingizdan kelgancha:

  • yomonlikni to‘xtatishga harakat qilish,

  • ammo zo‘ravonlik qilmaslik,

  • hukmronlik da’vosiga kirmaslik lozim.

Siz undan hisob so‘raladigan shaxs emassiz. Uning qilgan ishlari uchun siz javobgar emassiz. Insha Alloh, Alloh taolo har kimdan o‘z qilmishi uchun hisob oladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026