Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qaynona, o’g’il va kundoshlar o’rtasidagi adolatli munosabatlar

Qaynona, o’g’il va kundoshlar o’rtasidagi adolatli munosabatlar

Nashr sanasi: May 23, 2025

Savol :

Ustoz, kundoshlik holatini boshimdan kechiryapman. Qaynonam meni yaxshi ko‘rib, o‘zi kelin qilgan edilar. Keyin esa turmush o‘rtog‘im yana uylangan.

Hozir biz chet elda yashaymiz. Qaynonam bilan telefon orqali gaplashamiz. Har safar suhbatdan so‘ng qaynonam turmush o‘rtog‘imga: “(Ismimni aytib) salom aytib qo‘y”, der edilar. Biroq turmush o‘rtog‘im bunga ranjib: “Siz odam ajratasiz”, deb xafa bo‘lardi.

Shundan so‘ng, qaynonam bunday demay qo‘ydilar.

Ustoz, savolim shuki: adolatni faqat erim qilishi kerakmi? Yoki qaynonam ham adolatli munosabatda bo‘lishi kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Adolatli bo‘lish har bir insonning, xususan, eringizning ham, qaynonangizning ham vazifasidir. Eringizning adolatli bo‘lishga harakat qilayotganligi sizlar uchun Alloh taoloning bir barakasi, oilangizdagi yaxshilikdir aslida. Bu masalada ko’p chuqurlashmasdan salohiyatingizni oxiratda foyda beradigan amallarga ko’proq sarflaganingiz afzal bo‘ladi.

Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Albatta, adolatli bo‘lish har bir insonning, xususan, eringizning ham, qaynonangizning ham vazifasidir.

Qaynonangiz, masalan, sizga salom aytib, kundoshingizga salom aytmasligi — bu u kishining shaxsiy xohishi. Kimga salom aytish, kimni so‘rash — bu har bir insonning qalbidagi muhabbat va munosabatga bog‘liq. “Nega unga salom aytmadingiz, aytsangiz hammaga ayting, aytmasangiz umuman aytmang”, deb aytish to‘g‘ri emas. Inson ko‘ngli tortgan kishisidan hol-ahvol so‘raydi, salom aytadi.

Sizga o‘zi yaxshi ko‘rib kelin qilgan bo‘lsalar, bu o‘ziga xos bir hurmatdir. Chunki bizning urf-odatlarimizda ko‘pincha qaynonalar ikkinchi xotinlarni to‘liq qabul qilmaydi. Ko‘pincha ularga nisbatan “o‘g‘limning pulini yeyapti”, “o‘g‘limni tortib oldi” degan singari noto‘g‘ri qarashlar bo‘ladi. Bu tushunmaslikdan kelib chiqadi. Siz bunga e’tibor bermang.

Salom aytdimi, aytmadimi — bunga chuqur kirib, ko‘nglingizni og‘ritmang. Boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak, qaynonangiz sizga salom aytadi, yaxshi ko‘radi — bu siz uchun bir ne’mat.

Eringiz esa adolatli bo‘lishga harakat qilyapti. Siz ham kundoshingizni musulmon opa deb ko‘ring. Eringiz u kishining ko‘ngli sinmasligi uchun bunday yo‘l tutayotgandir. Bu holat sizlar uchun Alloh taoloning bir barakasi, oilangizdagi yaxshilikdir aslida.

Shuning uchun bunaqa narsalarga chuqur berilib, o‘zingizni xafa qilish o‘rniga, salohiyatingizni oxiratga foyda beradigan amallarga sarflaganingiz afzal bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026