Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qaynona kelinning xonasiga ruxsatsiz kirib xonani tekshirishi mumkinmi?

Qaynona kelinning xonasiga ruxsatsiz kirib xonani tekshirishi mumkinmi?

Nashr sanasi: June 12, 2025

Savol :

Qaynonam men uyda yo‘qligimda xonamga kirib, nimalarnidir tekshiradi. Ularning bu ishi qanchalik to‘g‘ri? Shariat bu ishga qanday qaraydi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu ish shariat hukmiga ko‘ra harom hisoblanadi. Bu bir musulmon odamning obro‘sini toptashga kiradi. Bu esa uni xafa qilishdir. Bir mo‘minni xafa qilish – Ka’bani buzib tashlashdan ham yomonroqdir. Alloh bunday ishlarni isloh qilsin.

Bismillah, alhamdulilloh, vassalatu vassa’lam ‘ala rasulillahi, amma ba’d.

Bu ish shariat hukmiga ko‘ra harom hisoblanadi. Chunki birovning mulkiga ruxsatsiz kirib, uni tintuv qilish – bu huquqbuzarlikdir. Sizning xonangiz – sizning shaxsiy mulkingiz hisoblanadi. U yerga ruxsatsiz kirish va narsalarni tekshirish shar’an harom bo‘lib, bu katta hurmatsizlik va tajovuz sanaladi. Hatto bu holatni “qaynonaning ochko‘zligi va uyatsizligi” deyish ham joiz bo‘ladi, garchi bu ifoda qo‘pol tuyulsa ham.

Afsuski, bizda ba’zi qaynonalar bu kabi harakatlarni o‘zlariga halol deb hisoblaydi. Go‘yoki: “Men farzandimning onasiman, demak bu uyda meniki ham bor”, degan noto‘g‘ri tushuncha bilan ish tutadilar. Ammo bu noto‘g‘ri. Kelinning o‘zi kim? U sizning farzandingizga turmushga chiqqan ayol – sizning qulingiz emas.

Bilganingizni qilish, istagancha tergash, masalan, kelinning telefonini tintuv qilish, shaxsiy joylarini ko‘zdan kechirish – bularning barchasi musulmon odamning obro‘sini toptashga kiradi. Bu esa uni xafa qilishdir. Yana eslatib o‘tamiz: bir mo‘minni xafa qilish – Ka’bani buzib tashlashdan ham yomonroqdir.

Rasululloh (sallallohu ‘alayhi va sallam) aytganlar: “Ka’baning Alloh huzuridagi hurmati naqadar ulug‘ bo‘lsa, bir mo‘minning hurmati undan ham ulug‘dir” – deb Ka’baga qarab aytganlar. Endi, o‘sha kelingiz mo‘mina ayol emasmi? Uning obro‘sini toptash, qalbini ranjitish, ko‘z yoshini oqizish halolmi?

Albatta bu harom. Alloh bunday ishlarni isloh qilsin. Qaynonalarga Alloh insof bersin.

Ayrim hollarda esa, qaynonalar er-xotin yotgan joyga ham bostirib kirib boradi. Bu darajada pastkashlik va uyatsizlik bo‘lishi mumkinmi? O‘g‘liga esa: “Eshikni qulflamang, ochiq tursin”, degan bahonalar bilan rashk tufayli shunday aqlsizliklarga borayotgan ayollarni ham eshitamiz. Bu esa nihoyatda uyatsiz holatdir.

Alloh hammamizni isloh qilsin. Bunday ishlar mutlaqo mumkin emas.

Wallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025