Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qasam buzilishiga oid savol.

Qasam buzilishiga oid savol.

Nashr sanasi: July 18, 2025

Savol :

Ustoz, bir begona musulmon birodarga yordam bo‘lsin deb, nasiyaga mashina olib bergan edim. Uni taqvodor inson deb o‘ylab, mashinani uning nomiga rasmiylashtirdik. Shartga ko‘ra, u ikki yil davomida har oy 250 dollar to‘lashi kerak edi. Lekin bir yildan beri hali bir so‘m ham bermadi.

Jahl ustida unga sms yozdim:

“Alloh nomi bilan qasamki, agar bir hafta ichida pulimni bermasang, yalinib olib kelsang ham olmayman. Qiyomatga qoldiraman.”

Oradan vaqt o‘tgach, jahl ustida noto‘g‘ri so‘z yozganimni tushundim. Endi savolim:
Bu holatda qasamim buzilmasligi uchun haqqimni olmaymanmi? Yoki haqqimni olib, kafforat to‘lashim kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sizning aytgan gapingiz jahl ustida bo‘lgan va asl niyatingiz pulni qaytarish bo‘lgani uchun, haqqingizni olishingiz mumkin. Ammo qasamni buzganingiz uchun kafforat to‘lashingiz farz bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Siz bu gapni aytganingizda asl maqsadingiz — pulni qaytarishini talab qilish bo‘lgan. Qasam jahl ustida chiqqan va bu holatda aytilgan so‘z asl niyatga zid.

Shariatda bu kabi holat qasamni buzish sanaladi. Ammo siz o‘z haqqingizni olishingiz mumkin — bu sizning haqqingizdir. Lekin qasamingizni buzganingiz uchun kafforat to‘lashingiz farz bo‘ladi.

Shunday ekan, siz haqqingizni bemalol olishingiz mumkin, lekin qilingan qasam sababli kafforatni to‘lashingiz kerak.

Bu voqeadan sizga yana bir muhim saboq ham bo‘ladi:

“Ishonchli ko‘ringan har bir kishiga moliyaviy ishonch bilan yondashish to‘g‘ri emas. Kelishuv va hujjat asosida ish tutsangiz, o‘zingizni og‘ir holatlardan saqlaysiz.”

Alloh taolo holatimizni o‘nglasin va sizni adolat bilan muomala qiladigan kishilar bilan yo‘ldosh qilsin.
Allāhumma āmīn.
Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Zinodan homilasi bor ayolga uylansam bo‘ladimi?

    September 2, 2025
  • Hovli merosxo‘rlar orasida qanday taqsimlanadi?

    September 2, 2025
  • “Sigaret cheksam, xotinim taloq” degan kishining savoli.

    September 2, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Er taloq bermasa, ayol nima qilishi kerak?

    August 31, 2025