Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qarg’ish va yahshi niyatda oshkor qilingan amonatning hukmi

Qarg’ish va yahshi niyatda oshkor qilingan amonatning hukmi

Nashr sanasi: May 4, 2025

Savol :

Bir ayolning eri ikkinchi xotinga uylanganida, birinchi xotiniga: “Onamga uylanganimni aytma. Agar aytsang, rozi emasman, qargʻayman”, degan. Oʻsha ayol esa qaynonasiga: “Oʻgʻlingiz yetimlarning boshini silayapti, haqqiga duo qiling”, deb yaxshi niyatda aytgan. U buni yomon niyatda emas, balki samimiylik bilan aytgan. Endi savol: bu ayolga erining qargʻishi va “rozi emasman” degani ta’sir qiladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ayol yaxshi niyatda, mehr bilan gapirdi: “Duo qiling, bolangiz yetimlarni boshini silayapti”, deb. Endi buning uchun qargʻash nima keragi bor? Bu ishga qargʻish o‘tmaydi deb o‘ylayman — Alloh bilguvchidir, albatta.

Ya’ni bu er endi qarg‘amasin, axir qilar ishini qilib bo‘ldi. Ayol esa shunchalik yaxshi niyatda, mehr bilan gapirdi: “Duo qiling, bolangiz yetimlarni boshini silayapti”, deb. Endi buning uchun qargʻash nima keragi bor?

Bu ishga qargʻish o‘tmaydi deb o‘ylayman — Alloh bilguvchidir, albatta.

Agar bu ayol nohaq bo‘lsa, balki unga o‘zi qaytib kelar. Ammo aytmaslik kerak bo‘lgan gapni aytib qo‘ygan taqdirda ham, bir-birimizni qargʻab, o‘ldirib qo‘ysak, bu dunyoda odam qoladimi? Shunday hollarda yurak keng bo‘lishi kerak. Biroz sabr, kechirim bilan yondashish lozim.

Menimcha, bu erkak — ya’ni har bir erkak — agar shunday holatlarda qargʻaydigan bo‘lsa, uylanmasligi kerak. Chunki uylanish uchun inson bag‘rikeng, tushunadigan, rujulati keng bo‘lishi kerak.

Aks holda, har kuni biri birini qargʻab, janjal qilsa, bu hayot muammolardan bosh chiqarmaslikka olib keladi. Hali bu muammo oz, qaynonasiga: “Duo qiling, bolangiz yaxshi ish qilyapti”, deb turgan ayolga shukur qilsin. Agar o‘sha ona qattiq tursa, bolasining oilasi buziladi, bolalari yo‘qoladi. Ya’ni, butun oila parokanda bo‘lishi hech gap emas.

Shuning uchun, bu yo‘lga kirgan odam — ya’ni ko‘p xotinlik mas’uliyatini olgan erkak — juda aqlli, sabrli, bag‘rikeng inson bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025