Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Qabristonga borganda yosh bolalarni ham olib borish hukmi.

Qabristonga borganda yosh bolalarni ham olib borish hukmi.

Nashr sanasi: January 18, 2025

Savol :

Qabristonga borganda yosh bolalarni ham olib borish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar bolalar 7 yoshga to‘lgan bo‘lsalar va qabrlarni ziyorat qilishdan foydali saboq olishlari mumkin bo‘lsa unda joiz.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Agar bolalar 7 yoshga to‘lgan bo‘lsalar va qabrlarni ziyorat qilishdan foydali saboq olishlari mumkin bo‘lsa, masalan, inson o‘lgandan keyin dafn qilinishini tushunib yetishsa, bunda hech qanday muammo yo‘q. Bu ular uchun o‘limning muqarrarligini eslatuvchi muhim dars bo‘lishi mumkin.

Agar bolalar o‘spirin yoshiga yetgan yoki balog‘at yoshiga yaqin bo‘lsa, qabrlarni ziyorat qilish ular uchun yaxshi nasihat bo‘ladi. Ular Allohga osiy bo‘lish, harom ishlar qilish yoki namozni tark etish uchun qabrda javob berishlarini anglab yetadilar. Bu ularga yaxshi eslatma bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Qabrlarni ziyorat qilinglar, chunki ular sizlarga oxiratni eslatadi.”

Ammo, agar bolalar hali 7 yoshga yetmagan bo‘lsa va qabrlarni ko‘rishdan qo‘rqishlari yoki bezovta bo‘lishlari mumkin bo‘lsa, ularni o‘zingiz bilan olib bormaganingiz maqul. Agar bolalar yoshi tufayli qo‘rqishsa, ular bilan birga qabr ziyoratiga borish to‘g‘ri emas.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025