Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Prorab sotib olingan qurilish mollariga yoki bajarilgan ishlarga o’zining foydasini qo’yib uyning egasidan olishi mumkinmi?

Prorab sotib olingan qurilish mollariga yoki bajarilgan ishlarga o’zining foydasini qo’yib uyning egasidan olishi mumkinmi?

Nashr sanasi: September 9, 2025

Savol :

Men prorab bo‘lib ishlayman. Masalan, ustalarni 1 millionga ishlatsam, uyning egasidan 1,5 million olishim mumkinmi? Yoki qandaydir mahsulotni 10 000 so‘mga sotib olib, uyning egasidan 13 000 olishim mumkinmi? Chunki men bozorga boraman, savdolashaman. Shu ishim mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunda yolg‘on gapirilmasa, hammasi ochiq-oydin bo‘lsa, bunda muammo yo‘q. Ammo siz egasi bilan yashirincha boshqacha kelishib olsangiz yoki sotib olingan narsaning qiymatini oshirib ko’rsatsangiz , bu xiyonat bo‘ladi. Chunki bunday holatda jamoatning va uyning egasining haqqiga tajovuz qilgan bo‘lasiz.

Agar bunda yolg‘on aralashmasa va bu ish sizning o‘zingizning ishingiz bo‘lib, ishchilarni olib kelib, ularga kelishilgan pulni berib, uyning egasi bilan ulgurji narxda bitim qilib, keyin uni ishchilarga arzonroq qilib topshirsangiz va o‘zingiz ko‘proq foyda qilsangiz, bunda zarar yo‘q. Yolg‘on gapirilmasa, hammasi ochiq-oydin bo‘lsa, bunda muammo yo‘q. Siz ishni oldingiz, keyin ustalarga: “Mana shu ishni qilib ber, mana shuncha pul beraman”, deb topshirdingiz. Bu xuddi ulgurji narxda olib, maydalab sotgandek bo‘ladi. O‘shanday bo‘lsa, bunda zarar yo‘q.

Ammo agar sizlar bir jamoat bo‘lib ishlayotgan bo‘lsangiz va jamoat bilan kelishilgan holda ish olib borish kerak bo‘lsa, lekin siz egasi bilan yashirincha boshqacha kelishib olsangiz, bu xiyonat bo‘ladi. Chunki bunday holatda jamoatning haqqiga tajovuz qilgan bo‘lasiz.

Lekin ko‘p hollarda ishni bir kishi oladi va uni “o‘zimning ishim” deb biladi, odamlarni olib kelib ishlatadi va ustidan foyda qiladi. Agar shunday bo‘lsa, zarar yo‘q, vallohu a‘lam.

Savolning ikkinchi qismi: masalan, egasiga “bu narsani 10 000 ga oldim” deb turib, aslida 13 000 ga deb aytsa bo‘ladimi? — Bo‘lmaydi, bu yolg‘on hisoblanadi. 10 minglik narsani 13 ming deb ko‘rsatish mumkin emas. Lekin umumiy qilib: “Ishni shuncha pulga bitirib beraman”, deb kelishilsa, zarar yo‘q. Ammo xarajatlarni yozishda raqamlarni noto‘g‘ri ko‘rsatib, chiqimlarni oshirib yozsangiz, birovning haqqini nohaq yegan bo‘lasiz.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025