Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Peshin namozini Shofe’iy mazhabi vaqti bilan asr kirgach o‘qisak, Hanafiy mazhabida bu qazo bo‘ladimi?

Peshin namozini Shofe’iy mazhabi vaqti bilan asr kirgach o‘qisak, Hanafiy mazhabida bu qazo bo‘ladimi?

Nashr sanasi: June 9, 2025

Savol :


Biz Rossiyada ishlaymiz. Bu yerda masjidlarda Shofe’iy mazhabi bo‘yicha namoz o‘qiladi. Namoz vaqtlari, ayniqsa, asr namozi vaqti Hanafiy mazhabiga nisbatan farq qiladi. Ba’zida ishimiz ko‘payib, peshin namozini Shofe’iy mazhabi bo‘yicha asr vaqti kirgandan keyin o‘qishga to‘g‘ri keladi. Shunda peshin namozimiz qazo bo‘lgan hisoblanadimi? Shofe’iy va Hanafiy vaqtlari o‘rtasida ba’zan 30 daqiqadan 1 soatgacha tafovut bo‘ladi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar siz Hanafiy mazhabiga amal qilayotgan bo‘lsangiz — peshin namozingiz ado hisoblanadi. Agar Shofe’iy mazhabiga amal qilayotgan bo‘lsangiz — qazo hisoblanadi. Shuning uchun har bir kishi o‘z e’tiqod qilgan mazhabi asosida amal qilishi kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada eng muhim narsa — siz qaysi mazhabga ergashayotganingizni aniqlab olishdir. Agar siz Hanafiy mazhabiga rioya qilayotgan bo‘lsangiz, namozni Hanafiy mazhabi belgilagan vaqtga binoan ado etsangiz — bu siz uchun to‘g‘ri hisoblanadi. Bu holda, namozingiz qazo bo‘lmaydi.

Aksincha, agar siz Shofe’iy yoki umuman jumhur (ya’ni ko‘pchilik ulamolar) qavliga amal qilayotgan bo‘lsangiz, vaqti chiqqan hisoblanadi, shu bois peshinni qazo niyatida o‘qishingiz kerak bo‘ladi.

Masalaning mohiyati shundaki: namoz vaqtlari — ijtihodiy masala. Ya’ni, ulamolar ijtihodiga ko‘ra vaqtlarda tafovut bo‘lishi mumkin. Shuningdek, boshqa masalalarda ham bu holat kuzatiladi. Misol uchun, bir chelak suvga tomchi najosat tushsa, Hanafiy va Shofe’iylarga ko‘ra u suv najas bo‘ladi, ammo Molikiylarga ko‘ra toza hisoblanadi. Kim qaysi mazhabga amal qilayotgan bo‘lsa, o‘sha mazhab hukmiga binoan harakat qiladi.

Xulosa:
Agar siz Hanafiy mazhabiga amal qilayotgan bo‘lsangiz — peshin namozingiz ado hisoblanadi. Agar Shofe’iy mazhabiga amal qilayotgan bo‘lsangiz — qazo hisoblanadi. Shuning uchun har bir kishi o‘z e’tiqod qilgan mazhabi asosida amal qilishi kerak.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • To‘y qilish o‘rniga unga ketadigan xarajatni ehson qilsa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Eshik ochiq xonada nomahram bilan xoli qolish va unga shahvatsiz qarash hukmi.

    July 19, 2025
  • Hajga borish uchun pora bersa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Muzoraba tugamaguncha undan tushgan foydani olish mumkin emasmi?

    July 19, 2025
  • Asabiylikdan qanday qutulish mumkin?

    July 19, 2025
  • Bolaning nafaqa puliga aqiqa qilsa bo‘ladimi?

    July 18, 2025