Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Payg‘ambarlarning ismlarini qo‘yish joizmi?

Payg‘ambarlarning ismlarini qo‘yish joizmi?

Nashr sanasi: June 17, 2025

Savol :

Ustoz, Halilulloh, Muhammad Mustafo, Iso Ruhulloh va shunga o‘xshash payg‘ambarlarga xos bo‘lgan ismlarni qo‘yish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Payg‘ambarlarning ismlarini qo‘yish shariatda man qilinmagan. Rasululloh ﷺ o‘zlarining ismilari (Muhammad) ni qo’yishni tavsiya qilib, Abul Qosim kunyasini man qilganlar. Xos martabalarni ifodalovchi (Kalimulloh, Ruhulloh, Xalilulloh ) ismlarni qo’yish ham joiz emas. Qur’onda, hadisda kelgan yoki solih insonlar ismlaridan qo‘yish yanada afzal bo‘ladi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, va ba’d.

Ya’ni, bu kabi ismlarni — payg‘ambarlarning ismlari bilan ism qo‘yishni shariatda man qilinmagan. Bu joiz hisoblanadi, zararli emas. Hatto Rasululloh ﷺ o‘zlarining ismilar bilan ismlanishni tavsiya qilganlar. Hadisda: “Ismim bilan ism olinglar, lekin kunyam bilan kunyalanmanglar” — deganlar. Ya’ni Muhammad deb ism qo‘yish mumkin, lekin Abul Qosim deb kunya qo‘yish Rasululloh ﷺ hayotlik chog‘larida man qilingan.

Bu masalada ulamolar orasida ixtilof bor: ba’zilar bu hukm faqat Rasululloh ﷺ hayotlik davrlariga xos degan bo‘lsa, ba’zilar bu umumiy, ya’ni u zotdan keyin ham Abul Qosim kunyasini qo‘yish joiz emas, deb aytganlar.

Misol uchun, biror kishiga Xalilulloh deb ism qo‘yilsa, ya’ni “Allohning xalili” degan ma’noda — bu martaba faqat Ibrohim alayhissalom va Muhammad sallallohu alayhi vasallamga xos. Shuning uchun bu nomni qo‘ymaslik afzal. Xuddi shuningdek, Habibulloh (Allohning mahbubi) degan ism ham ko‘p qo‘yiladi. Bu ham Rasululloh ﷺga xos bo‘lsa-da, “Allohni sevuvchi banda” ma’nosida kengroq tushunilsa, bu ismdan foydalanish mumkin.

Ammo Kalimulloh (Alloh bilan bevosita so‘zlashgan) — bu sifat Muso alayhissalomga xos. Shuningdek, Ruhulloh degan nom Iso alayhissalomga xos martabani bildiradi. Bunday xoslik bildiruvchi ismlarni boshqa kishilarga qo‘yish to‘g‘ri emas. Chunki bu bexosdan o‘sha payg‘ambarlarga o‘xshashlik da’vosiga ketishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda:
– Payg‘ambarlarning ismlarini qo‘yish joiz va afzaldir.
– Xos martabalarni ifodalovchi ismlar (masalan, Kalimulloh, Ruhulloh, Xalilulloh) bilan ism qo‘yishdan saqlanish maqsadga muvofiqdir.
– Undan ko‘ra, Qur’onda, hadisda kelgan yoki solih insonlar ismlaridan qo‘yilsa, yanada afzal bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025