Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ozroq kitob o‘qib, katta ustozlarga tosh otadigan bo‘lib qolgan tolibi ilmlarga nasihat

Ozroq kitob o‘qib, katta ustozlarga tosh otadigan bo‘lib qolgan tolibi ilmlarga nasihat

Nashr sanasi: April 23, 2025

Savol :

Ustoz, ba’zi tolibi ilmlarga bir oz nasihat qilsangiz. Ozroq kitob o‘qib, katta ustozlarga tosh otadigan bo‘lib qolishadi. Undan ko‘ra johil insonlarga da’vat qilish yaxshiroq emasmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ulamolar aytadilar: “Olimlarning go‘shti zaharli, uni yegan zaharlanadi.” Shuning uchun mening nasihatim shuki: tolibi ilm ilm o‘rganishga e’tibor qilsin. Ayniqsa, ulamolarning kamchiliklarini izlab yurish – bu katta fitnaga olib keladi. Bu ma’naviy zaharlanishdir. Tolibi ilm avvalo o‘ziga, so‘ngra ustozlarga hurmat bilan yondashishni o‘rganishi kerak. Ustozni hurmat qilishni o‘rganaylik. Har kimda xato bo‘ladi – shuni unutmaylik. Ustoz bo‘ldi degani, olim bo‘ldi degani farishta bo‘ldi degani emas. Ammo sizdan ko‘ra ko‘proq o‘qigan, ko‘proq tushungan. Birovning xatolarini gapirib, gunohini bo‘yningizga olmay, oxiratingizni o‘ylab, najot topadigan ishlar bilan shug‘ullaning. Vallohu a’lam.

Haqiqatan ham, bu holat ayrim tolibi ilmlarda vaqt o‘tib uchrashi mumkin bo‘lgan bir kamchilikdir. Yangi o‘rganayotgan bolalar ham sal kuchi ortgandan keyin hech kimni mensimay, o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga urinadi. Keyin esa uylanib, bola-chaqali bo‘lib, biroz ishlab, hayotning sinovlariga duch kelgach, asl ne’matni anglay boshlaydi.

Shunday qilib, ayrim o‘qigan bolalar ozgina bilimga ega bo‘lishi bilan boshqalarning xatolarini izlab, ulamolarning ustidan kulishni boshlaydi. “Bo‘sh bo‘lsa, ko‘p gapiradi” degan gap bor-ku. Vaqt o‘tishi bilan esa bu talaba o‘zining beodobligidan xijolat bo‘lib, anglaydi: “Men noto‘g‘ri ish qildim, beodoblik qilibman.”

Ulamolarning xato va kamchiliklarini aytishning o‘zi noto‘g‘ri emas, bu haqiqat. Chunki inson xatodan xoli emas. Har kimda kamchilik bo‘ladi, olim bo‘lsa ham. Kim qancha ko‘p gapirsa, shuncha ko‘p xato qiladi. Ammo kimnidir xatolarini izlab yurish va uni doimiy ta’qib qilish – bu aqlli odamning ishi emas.

Ayrim toliblar aynan mana shu yerda adashadilar. Ular olimlarni mutlaqo xatosiz, farishta kabi tasavvur qilib, keyin ularning kamchiliklarini ko‘rib, odamlarga bu haqida gapira boshlaydi. Bu esa ularni o‘zlarini katta deb o‘ylashga olib keladi.

Ulamolar aytadilar: “Olimlarning go‘shti zaharli, uni yegan zaharlanadi.” Shuning uchun mening nasihatim shuki: tolibi ilm ilm o‘rganishga e’tibor qilsin. Ayniqsa, ulamolarning kamchiliklarini izlab yurish – bu katta fitnaga olib keladi. Bu ma’naviy zaharlanishdir.

Bunday beodob tolibga ilm yuqmaydi. Chunki u olimlarni qadrlamaydi, ularning so‘zlariga e’tibor bermaydi. Natijada esa ilm hosil bo‘lmaydi. O‘zida kibr paydo bo‘ladi, qalbi qorayadi. Qalbi qoraygach, Allohdan qo‘rqmay qo‘yadi. Allohdan qo‘rqmagan odam esa ma’siyatga, gunohga beriladi. Gunoh kuchaygach, qalbdagi ilm nuri so‘nadi.

Bu mavzuda gap juda ko‘p. Mening nasihatim – tolibi ilm avvalo o‘ziga, so‘ngra ustozlarga hurmat bilan yondashishni o‘rganishi kerak. Ustozni hurmat qilishni o‘rganaylik. Har kimda xato bo‘ladi – shuni unutmaylik. Ustoz bo‘ldi degani, olim bo‘ldi degani farishta bo‘ldi degani emas. U ham siz-u biz kabi inson – xojatxonaga ham boradi, yiqiladi ham. Ammo sizdan ko‘ra ko‘proq o‘qigan, ko‘proq tushungan.

O‘sha tushunchasidan foydalaning. Asalari guldan foydalanadi. Yonida ahlat bo‘lsa ham, unga e’tibor bermaydi – guldan asal oladi. Siz ham asalari kabi bo‘ling. Kimda qanday foydali ilm bo‘lsa, olib foydalaning. Birovning xatolarini gapirib, gunohini bo‘yningizga olmay, oxiratingizni o‘ylab, najot topadigan ishlar bilan shug‘ullaning.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025