Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >O’ziga kam e’tibor berilganidan norozi bo’lib taloq so’ragan homilador ayolga shariatning hukmi

O’ziga kam e’tibor berilganidan norozi bo’lib taloq so’ragan homilador ayolga shariatning hukmi

Nashr sanasi: May 21, 2025

Savol :

Ustoz, turmush qurganimizga sakkiz oy bo‘ldi. Ayolim homilador. Rossiyadagi ijaradagi kvartiramizda besh-olti kunlab ko‘chaga chiqmayotgani sababli siqilib, janjal qiladi. Men esa ishdan charchab kelganim uchun unga yetarlicha e’tibor bera olmayapman. “Ajrashaman, ketaman”, deb janjal qilib ko‘chaga chiqib ketadi. Orqasidan borib tinchlantirib, uyga olib kiraman. “Qornimdagi bolani tug‘mayman”, deb qo‘rqitadi. Hozir Qirg‘izistonda otasining uyida. Turmushimiz buzilishini ikkalamiz ham xohlamaymiz.

Xotinim bolani tushiraman, deb tahdid qilsa va taloq so‘rayversa, shariat bu holatda nima yo‘l ko‘rsatadi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillahir rohmanir rohiym. Vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d. Bunday holatda o‘rtaga bir biladigan, tajribali katta odamlar aralashishi kerak. O‘sha qizning otasi, amakilari, akalari — yaqinlari bilan gaplashing. Ular unga tushuntirishsin. Erkak kishi “uylanish fiqhi”, “yashash fiqhi”ni o‘rganishi kerak. Rasululloh ﷺ ning ayollari bilan muomalalarini, siyratini o‘rganing, unga ergashing. Ana shunda totuvlik va baraka bo‘ladi. Siz ayolingizning haqlarini to‘la ado qilib, yaxshi yashashga harakat qilayotgan bo‘lsangiz-u, u yana turli holatlarga boraversa, bu bilan o‘ziga jabr qiladi. Siz esa sabrli bo‘ling. Agar sabr qilsangiz, insha Alloh, vaqt o‘tishi bilan barchasi yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Bismillahir rohmanir rohiym. Vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Bunday holatda o‘rtaga bir biladigan, tajribali katta odamlar aralashishi kerak. O‘sha qizning otasi, amakilari, akalari — yaqinlari bilan gaplashing. Ular unga tushuntirishsin.

Bu holat, albatta, sizning o‘zingizga ham bog‘liq. Ayol kishining haqlarini ado qilish, uni xursand qilish, yaxshi muomala qilish muhim. Bu er-xotinlikda yaxshi yashashning asosidir. Rasululloh ﷺ ning sunnatlariga qarang: ular ayollari bilan qanday muomala qilganlar? Kechalar suhbatlashganlar, birga hazil-huzul qilganlar, hatto musobaqalashib yugurishganlar ham bo‘lgan.

Oysha onamiz bir kuni o‘yin-kulgini tomosha qilmoqchi bo‘lganlarida, Rasululloh ﷺ u kishi uchun turib berganlar. Oysha onamiz Rasululloh ﷺ ning yelkalariga yuzlarini qo‘yib, tomosha qilganlar. Rasululloh necha bor: “Bo‘ldimi?”, deb so‘raganlar, Oysha onamiz esa: “Yo‘q, hali emas”, deganlar. Oysha onamiz keyinchalik aytadilarki: “Vallohi, men o‘sha tomoshani ko‘rishga ehtiyoj sezmagan edim, faqat Rasululloh ﷺ ning huzurida qadrim qanchaligini boshqalarga ko‘rsatmoqchi edim.” Rasululloh ﷺ ning u yerda turib berganlari men uchun katta martaba bo‘lgan, deganlar.

Rasululloh ﷺ to‘qqizta xotin bilan hammasiga adolatli munosabatda bo‘lganlar. Siz hozir bitta ayol bilan yashayapsiz. Unda ham muomala va sabr muhim.

Erkak kishi “uylanish fiqhi”, “yashash fiqhi”ni o‘rganishi kerak. Rasululloh ﷺ ning ayollari bilan muomalalarini, siyratini o‘rganing, unga ergashing. Ana shunda totuvlik va baraka bo‘ladi. Siz ayolingizning haqlarini to‘la ado qilib, yaxshi yashashga harakat qilayotgan bo‘lsangiz-u, u yana turli holatlarga boraversa, bu bilan o‘ziga jabr qiladi. Siz esa sabrli bo‘ling.

Ko‘pincha homiladorlik davrida ayolda o‘tkinchi holatlar bo‘ladi — bu tajriba bilan isbotlangan narsa. Unga vaqt bering, unga ozgina bo‘lsa ham tinchlik bering. Otasiga, onasiga, qaynonangizga ayting. Ular tajribali bo‘ladi, tushunishadi. Ular ham qizining beva qolishini istamaydilar.

Shuning uchun: “Bolani tushuraman” kabi tahdidlar qilmasin, sabr qilsin. Vaqt o‘tishi bilan, insha Alloh, yaxshilikka qarab o‘zgaradi. Siz esa isloh uchun harakat qiling.

Alloh taolo O‘zi xohlaganidek hukm qiladi. Yaxshilik qayerda bo‘lsa, Alloh o‘sha yoqqa buradi. Siz esa o‘zingizga kerakli bo‘lgan vazifani bajaring. Yaxshisi — ayolingizning yaqinlari bilan holatni muhokama qilib, islohga harakat qiling. Insha Alloh, farzandingiz tufayli yana mehr-oqibat mustahkamlanadi.

Ko‘pincha ayollar homiladorlik vaqtida gormonal o‘zgarishlar, siqilishlar sababli eriga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishi mumkin. Bu erkak kishi tomonidan tushunilishi kerak. Agar sabr qilsangiz, insha Alloh, vaqt o‘tishi bilan barchasi yaxshi bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025